Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
www.ziyouz.com kutubxonasi
32
163. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir necha
yaxshi isli narsalardan jam qilingan xushbo‘yliklari bor edi, yoki xushbuyliklarni solib
qo‘yadigan bir idishlari bor edi. Qachon xushbuylik ishlatmoqchi bo‘lsalar, undan iste’mol
qilar edilar.
164. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odat shariflari
bir kishi xushbuylik xadya qilsa, rad qilmas edilar.
165. Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
dedilar: Uch narsa qaytarilmasin: birinchi, suyanadigan yo boshga qo‘yiladigan bolish
kabi narsalarni. Ikkinchidan, xushbo‘y aralashtirilgan yog‘ni, uchinchi, sutni.
166. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
dedilar: Erlarga munosib xushbuy shunday narsaki, isi o‘tkir va ma’lum bo‘lib, o‘zi
maxfiy bo‘lsin, masalan, gulob kabi narsalar. Ayollarga munosib xushbo‘y shuki, rangi
ma’lum, isi maxfiy bo‘lsin, masalan, za’faron va xino kabi narsalar.
167. Abu Usmon Naxdiy dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat:
Qachon sizlardan bir kishiga rayxon berilsa, uni qaytarmasin, chunki rayhon jannatdan
chiqqandir.
I z o h. Rayxondan murod shul, hammaga ma’lum rayxondir, yoki mutloq xushbo‘ylikdir.
I z o h. Abu Usmon Naxdiy Yamanning Bani Naxd degan bir qabilasiga mansub bo‘lib,
nomlari Abdurahmondur. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xayotlarida musulmon
bo‘lgandilar. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam bilan ko‘rishmagandilar. Yuqoridagi
hadisni sahobalarning birlaridan rivoyat etgandilar. Shuning uchun bu hadisni murassal
deyiladi.
Dostları ilə paylaş: