BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING KULISHLARI
HAQIDA BAYON QILINADI
171. Jobir roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak
soqlari bir oz ingichka edi va kulishlari tabassumning o‘zi edi, va men qachon nazar
qilsam, der edimki: u zot surma qo‘ygandilar. Holbuki, surma qo‘ymagan bo‘lar edilar.
172. Abdulloh ibn Horis roziyallohu anhu dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamdan ziyoda tabassum qiladigan bir zotni ko‘rmadim. Ya’ni, kulishlaridan
tabassumlari ziyoda edi, yoki o‘zlari naqadar g‘amda bo‘lsalar ham, sahobalarga
tabassum bilan muloqot etar edilar.
173. Abu Zar roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
Men hammadan avval jannatga kiradigan va odamniki, hammadan oxirida jaxannamdin
chiqadigan odamni yaxshi bilurman. Kiyomat kuni bir odamni Alloh huzuriga xozir
qilinadi va deyiladiki, bu odamning kichik-kichik gunohlarini o‘ziga ko‘rsatilsin va katta-
katta gunoxlari maxfiy saqlansin. Keyin unga deyiladi, sen falon kunda, falon-falon
gunoxlarni qilgansan. Ul bechora hammasiga iqror bo‘ladi, inkor eta olmaydi. Chunki ul
maqomda hech narsani inkor qilib uddasidan chiqib bo‘lmas. Katta-katta gunoxlardan
so‘ralib qolsa, holi nechuk bo‘lishini o‘ylab, dilida nihoyatda qo‘rqib turadi. Shunday
holda turganda Alloh tarafidan amr keladiki, buning bu qilgan yomonliklarining
muqobiliga bir-bir yaxshilik berilsin. Bu xukmni eshitgan zamon u bechora deydi: "Hali
mening bir muncha gunoxlarim bor, ularni men bu yerda ko‘rmay turibman". Abu Zar
dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rdim. Bu so‘zni deb shunday kuldilarki,
oxiri muborak tishlari ham ko‘rindi.
174. Jarir ibn Abdulloh roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
men musulmon bo‘lgan kundan boshlab, meni uylariga kirishdan man’ etmadilar va
meni qachon ko‘rsalar, albatta, tabassum qilar edilar, chunki Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam bu zotni ko‘rsalar, xushnud bo‘lar edilar. Bu zot to‘qqizinchi hijriyda musulmon
bo‘ulgan edilar. Bu zot haqlarida Umar roziyallohu anhu "Jarir ummati islomiyaning
Yusufidir", deganlar.
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Dostları ilə paylaş: |