168. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so‘zlari
jumlalari bir-biridin alohida va ravshan bo‘lardi. Majlislarida bor odam so‘zlarini
169. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ba’zi vaqtlarda
170. Imom Hasan ibn Ali roziyallohu anhumo dedilar: Men uz tog‘am Xind bin Abi Hola
edilar? Menga bayon qiling. Tog‘am dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam doim
zotda orom va rohat degan narsa bo‘lmas edi. Aksari, xomush yurar edilar. Hojati yo‘q
qilar edilar. So‘zlasalar, butun og‘izlari bilan so‘zlar edilar. Lablarining uchi bilan so‘zlab
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
www.ziyouz.com kutubxonasi
33
qo‘ya qolmas edilar. So‘zlarining lafzlari oz, ma’nolari ko‘p bo‘lar edi. So‘zlari bir-biridan
ajralgan bo‘lar edi. Na unda xojatdan ziyoda alfoz va na kamchilik bo‘lar edi. O’zlari tez
mijoz va boshqani xor qiladurgan zot emas edilar. Ne’mat qanchalik haqir bo‘lsin, uni
xurmat qilar edilar. Uni yomon demas edilar. Misol uchun, bir taomni na mazammat va
na madh qilar edilar. Dunyo yo dunyoviy narsalar uchun hargiz g‘azablari kelmas edi.
Ya’ni, dunyoni xech bir narsa sanamas edilar, balki, qachon bir kishi haqdan tajovuz
qilsa, u holda g‘azablarini xech bir narsa bosolmas edi. Undan intiqom olmay qo‘ymas
edilar. O’z jonlari uchun bir kishidan xafa ham bo‘lmas edilar va intiqom ham olmas
edilar. Qachon bir tarafga ishora qilmoqchi bo‘lsalar, barmoqlari bilan emas, balki, butun
kaftlari bilan ishora qilar edilar. Qachon bir narsadan taajjub qilsalar, kaftlarining
orqasini ko‘rsatar edilar. Qachon so‘z qilsalar, goho-goho kaftlarini qimirlatar edilar.
Goho o‘ng kaftlarini chap (bosh barmoqlarining ichiga urar edilar va qachon g‘azablari
kelsa, yuzlarini o‘girar va beiltifotlik ko‘rsatar edilar yo afv etar edilar. Qachon xush
bo‘lsalar, xayodan muborak ko‘zlarin yumgan kabi ko‘rinur edilar. Aksari, kulishlari
beovoz, tabassum edi. Kulsalar muborak tishlarining donalari dur kabi oq va jilvalik
ko‘rinar edi. Sollallohu alayhi vasallam.
Dostları ilə paylaş: