RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING TAVOZE’LARI HAQIDA
VOQEALAR
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tavoze’larining voqealari mingdan ziyodadir,
hammasini bayon qilib bo‘lmaydi. Uning uchun musannif raximahulloh tarafidan bu
kitobida bir necha hadis tabarrukan zikr qilingan.
256. Umar ibn al-Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam dedilar: Ey, musulmonlar, sizlar meni madh va ta’rif etishda nasorolar Iso
alayhissalomni madh va ta’rif etgani kabi haddan oshmanglar va mubolag‘a qilmanglar.
Haqiqat shuki, men Alloh Taoloning bandasiman. Sizlar ham meni Alloh Taoloning
bandasi va Rasuli deb yod qilinglar. (Ya’ni, yod qilganda undan shirk yo g‘uluv
tushuniladigan lafzlar iste’mol qilinmasin).
257. Anas roziyallohu anhu dedilar: Bir ayol Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
huzurlariga keldi va dedi: Yo Rasulalloh, mening xos o‘zlariga bir xojatim bor, shuni arz
qilmoqchiman. Janob dedilar: Madina ko‘chalaridan qaysi bir ko‘chani xohlasang, shunda
o‘tir, men birga o‘tirib arzingni eshitay.
258. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xastalarning
holini so‘ramoq uchun yotgan yerlariga borar edilar. Dildorliklar qilar edilar va
janozalarga xozir bo‘lar edilar. Va eshakka ham minar edilar va qul ziyofat qilib chaqirsa
ham qabul qilib borar edilar. Bani Qurayza yahudlari bilan urush bo‘lgan kunlarda
shunday bir eshakka mingan edilarki, uning yugani yo tizgini xurmo daraxtining
pustlog‘idan ishlangan ip edi va uning egar to‘qimi ham xurmo daraxtining po‘stlog‘idan
ishlangan edi.
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Dostları ilə paylaş: |