BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING
YIG’LAGANLIKLARI VA ZORILARI HAQIDA BAYON QILINADI
Insonning yig‘lashi bir necha sababdan bo‘ladi. Goho bir kishiga rahmi kelib yig‘lar, goho
qo‘rqib yig‘lar, goho sog‘inib yig‘lar, goho xursandlikdan yig‘lar, goho og‘riqdan yig‘lar,
goho xafalikdan yig‘lar, goho mazlumlikdan yig‘lar, goho tavba qilib yig‘lar, goho
munofiqlikdan yolg‘on yig‘lar. Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamning yig‘ilari aksari
biror o‘lgan musulmon holiga achinib, rahmlari kelib, shafqatdan bo‘lar edi, yoki Alloh
Taolodan qo‘rqib va Uning muhabbatidan yig‘lar edilar.
248. Abdulloh ibn Shixxir roziyallohu anhu dedilar: Bir kun men Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam huzurlariga keldim. Janob namozga mashg‘ul ekanlar. Ichlaridan
yig‘laganliklaridan go‘yo mis qozon qaynab turgan kabi ovoz kelar edi.
249. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu dedilar: Bir kun menga Rasululloh sollallohu
alayxi vasallam “Qur’on o‘qib eshittir” dedilar. Men dedim: “Yo Rasulalloh, men o‘zlariga
o‘qib eshittiraymi, holbuki, Qur’oni karim o‘zlariga nozil bo‘lgandir”. Janob dedilar: “Men
Qur’onni boshqadan eshitishni do‘st tutaman”. Abdulloh ibn Mas’ud dedilar: “Keyin men
surai NISOni boshladim. O’qib borib, bu oyat sharifaga yetdim: (Tarjimasi) Qachonki, biz
har ummat ustiga bir guvohni xozir qilsak va sizni ular ustiga guvoh qilib keltirsak,
kofirlarning hollari qanday bo‘ladi?” Shu oyatga yetganda ko‘rdimki, Rasululloh sollallohu
alayhi vasallamning ikki muborak ko‘zlaridan yosh oqib turardi.
250. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam zamoni muboraklarida bir marta kun tutildi. Rasuli akram sollallohu alayhi
vasallam turib, masjidga bordilar va namoz boshladilar. Shu qadar uzun qiyom qildilarki,
ruku’ qilmas ekanlar deb gumon qilindi. Keyin ruku’ga bordilar. Shu qadar uzun ruku’
qildilarki, bosh ko‘tarmas ekanlar, deb gumon qilindi. Keyin ruku’dan qomaga turdilar.
Unda ham shu qadar uzun turdilarki, sajdaga bormas ekanlar, deb gumon qilindi. Keyin
sajdaga bordilar. Shu qadar uzun sajda qildilarki, sajdadan bosh ko‘tarmas ekanlar deb
gumon qilindi. Keyin jalsaga turdilar. Unda ham shu qadar uzun turdilar. Keyin yana
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Dostları ilə paylaş: |