Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə2/52
tarix23.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#80292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
shaytanat

ELCHIN




1978 yil, 8 sentyabr.

U momiq bulutlar ustida sarxush suzardi. Birdan bulut choki so‘kilib, pastga qarab sho‘ng‘idi. Yuragi shuv etdiyu ko‘zini ochdi. Chindan ham bulut ustida sayr qilardimi, chindan ham pastga sho‘ng‘idimi — daf’atan idrok etolmadi. Xayolini jamlashga urindi. Ko‘rib turgani — naqsh bilan bezatilgan shift — demak, o‘z uyida. Ajab, uyga qachon, kim bilan qaytdi ekan?


«— Men hazil o‘yin deb o‘ylabman...

  • Qimorda hazil bo‘lmaydi, erkak.

  • ...To‘layman... faqat bugun emas. Bir-ikki yil ichida.

  • Pulni-ku, to‘larsan-a, xotining-chi? Xotiningni ham tikvorgansan-ku». Bu xirildoq ovoz boshiga gurzi bo‘lib urilib, sapchib tushdi. Beixtiyor:

  • Noila! — deb baqirdi.

Javob bo‘lmadi. «Olib ketishdimi?!» degan fikr vujudini parchalab tashladi. Bu safar jonholatda baqirdi: «Noila!!!» Ayvondagi qafasda mudrayotgan to‘tiqush patirlab, bir chug‘urlab qo‘ydi-yu, tinchidi. Tashqarida it ulidi.
U seskanib, atrofga olazarak boqdi: o‘ng tomondagi yotoq eshigi qiya ochiq. Ichkarida chiroq yoniq. Noila yolg‘iz qolgan tunlari chiroqni yoqib yotardi. «Uyda ekan...» — shu fikr uning parchalangan vujudiga jon qaytardi. Eshik tomon yurdi. Ostona hatladi-yu, toshday qotdi: ikki kishilik karavotda, umrining eng shirin damlari o‘tgan o‘rinda Noila
sochlari parishon holda yotardi. Agar choyshab qonga belanmagan, chap ko‘kragiga pichoq qadalmagan bo‘lganida uni shirin uyquda deb o‘ylash mumkin edi. Achomlashgan uzun kipriklar pastki qovog‘iga soya tashlagan, bejirim lablari qimtilgan, qaldirg‘och qanotidan nusxa olgan qoshlari esa taranglashgan. U hozir xotinining na kiprigiga, na qoshiga qaraydi. U hozir Noilaning bo‘yni, baqbaqalari tishlanganini ham ko‘rmaydi.
Uning ko‘zi hozir ko‘krakka qadalgan pichoqda. Dastasi kiyik shoxidan ishlangan pichoq javonda saqlanar edi. Uni kim oldi? Kim Noilaning ko‘kragiga sanchdi?
U bir necha daqiqa telbalarcha turdi. So‘ng, esi o‘ziga kelgach, shoshilib borib ko‘krakdagi pichoqni sug‘urib oldi...



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin