ASADBEK
1989 yil 6 iyun
Asr namoziga azon aytilgan damda Asadbekka deputat qo‘ng‘iroq qildi:
Aka, ahvol chatoq, men bilan Farg‘onaga borib kela olmaysizmi? — dedi hovliqib.
Nima gap o‘zi? — dedi Asadbek.
Yo‘lda tushuntirib beraman. Aeroportga kelavering.
Asadbek samolyotga chiqmay turib, Farg‘onada nimalar bo‘layotganini eshitgach, Zelixonning gaplarini esladi.
Bu janjallarga mening nima aloqam bor? — dedi Asadbek.
Siz u tomonlarda ko‘p odamlarni taniysiz. Meni o‘sha yerdan saylashgani bilan hech kimni tanimayman. Yonimda bo‘lsangiz...
Asadbek unga qarab turdi-da, qo‘l uzatdi:
* * *
Har bir tog‘ning cho‘qqisi bo‘lganidek, shaytanat olami voqealarining bayoni ham shu nuqtada cho‘qqisiga boradi. Bu demak, Ollohning madadi ila birinchi kitob nihoyasiga yetdi. Omin va Robbil olamin.
© Tohir Malik
Islom.uz ma'rifat markazidan olindi. www.ziyouz.com - 2007
Dostları ilə paylaş: |