Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə49/52
tarix23.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#80292
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
shaytanat

2


Kesakpolvon Sharif Namozovning shu yerda ekani, Bo‘tqaga topshirgan vazifasi haqida gapirgach, Asadbek uni jerkib berdi:



  • Bu qilig‘ingni boshqa yerda qilmaysanmi?

  • Kimligimizni bilib qo‘ysin. Hayot qanaqaligini bi-ir ko‘rsin. «Haqiqat, haqiqat!» deb nima ko‘ribdi. Ana endi bugundan boshlab bor haqiqatga tupuradi. O‘zimizning odamga aylanadi. Haqiqat deganning yarmiga amal berib, «Volga»ga o‘tqazib qo‘y, yarmining qo‘yniga bittadan jononni solib qo‘ysang, kimligini bilasan. Bugun uni maishatga olib qolaman.

  • Haddingdan oshma. Chaqir uni, — dedi Asadbek.

Sharif bu xonaga yuragi dukuri bosilmagan holda kirib keldi. Asadbek o‘rnidan turmay, o‘tirgan yerida unga qo‘l uzatdi. Asadbekning qarashi jiddiy, Kesakpolvon esa ayyorona jilmayib boqib turardi. Chuvrindi unga e’tibor bermay, qandaydir qog‘ozlardagi yozuvlarni diqqat bilan o‘qirdi.

  • Ishlar qalay, o‘rtoq direktor? — dedi Asadbek, kinoya bilan. — Planlar oshig‘i bilan ado etilyaptimi?

  • Ha, bajarmasak bo‘ladimi?

  • Bu akangiz aytmaganmidi? — Asadbek shunday deb Kesakpolvonga qaradi.

  • Aytgandilar.

  • Xo‘sh? Nima uchun planni bajaraman, deb zo‘r beryapsiz?

  • Yuqoridagilar qo‘yishmayapti.

  • Siz uchun yuqori biz bo‘lamiz. Biz aytdikmi, tamom! Bajarishga majbursiz. Sizga kim buyruq berdi, ministrmi?

  • Yo‘q, Farhodov degani... Asadbek Kesakpolvonga qaradi:

  • Haydar, bilarmiding?

  • Yo‘q, hozir...— Kesakpolvon shunday deb telefon go‘shagini oldi-da, kerakli raqamini terdi.

  • Farhodovmi? Ha, men, Haydar akangman. Namozoving nima deyapti? Planni bajarasan, deb sen zo‘rlaganmishsan-ku? Majlisda aytdingmi? Unga tegishli emasmi? Shuni sekin o‘ziga aytib qo‘ysang o‘lasanmi, he so‘tak. Ha, aytish kerak, qozoqning to‘qqiz pulidek tushuntirib, beliga tugib ham qo‘yish kerak. Duoyi salomni oldingmi, endi o‘chir ovozingni...

Kesakpolvon go‘shakni joyiga qo‘yib, Sharifga qaradi:

  • Eshitdingizmi? Direktor degan bunaqa lalaymaydi.

  • Bu oy yetmishdan oshmasin, — dedi Asadbek. — Keyingi oylarda ishchilar maosh olmaydi. Kerakli odamlarga pul-mul berib turing. Boshqalar bo‘shab ketaversin.

  • Buning iloji yo‘q, bankda zavodning puli ko‘p.

  • Ko‘p bo‘lsa ham maosh yo‘q, — dedi Kesakpolvon tahdid ohangida. — Lalaymang, dedim-ku?

  • Portugaliyadan javob yo‘qmi hali ham? — dedi Asadbek, birinchi masala hal, degan ohangda.

  • Jimjit bo‘lib ketishdi.

  • Borib kelish kerak. Ularga yoqmasa boshqalar bilan gaplashamiz.

  • Borish uchun ular chaqirishlari kerak. Dollar kerak. Bu gapdan so‘ng Chuvrindi qog‘ozdan bosh ko‘tardi:

  • Bu yog‘ini bizga qo‘yib bering.

Asadbek «gap tamom» deganday o‘rnidan turdi. «Shu ikki og‘iz gapni telefonda aytib qo‘yishsa ham bo‘lardi-ku», deb o‘yladi Sharif, eshik sari yurib.

  • Meni kutib turing, gap bor, — dedi Kesakpolvon.

  • Jamshid qaerda? — dedi Asadbek, Sharif chiqib ketgach.

  • Ertalabdan beri ko‘rganim yo‘q. Maishat qilib yotgandir, — dedi Kesakpolvon. — Yangisini topgan ekan, o‘sha bilan ovora.

  • Maishat, deyaverib hammani buzding. Endi bichib qo‘yishim qoldi.

  • Erkaklar bilan ishlagandan keyin chidaysan, oshna. Yosh yigitlar vaqtida maishatini qilib olsin. Vaqtida o‘zing ham...

  • Bo‘ldi, aynima. Jamshidni top. Bugun Maskovga uchsin.

  • Nimaga?

  • Xongirey bilan uchrashib kelsin. — Asadbek shunday deb Zelixon bilan ikki kun avval bo‘lgan uchrashuv mazmunini aytdi.

  • Jamshidni yubormang, — dedi Chuvrindi. — O‘zingiz borib kelganingiz ma’qul. Ish jiddiyga o‘xshaydi.

  • Jamshidni top, birga boramiz.




Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin