Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə51/52
tarix23.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#80292
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
shaytanat

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • ELCHIN
Xotima


Yoxud ikkinchi kitobning debochasi


ZOHID


1989 yil 29 may

O‘sha joy, o‘sha daraxt, o‘sha manzara. Faqat murda boshqa. Mashina boshqa.



  • Bizning go‘lligimizni ta’kidlamoqchi bo‘lishganmi? — dedi mayor Soliev.

Zohid qotillik haqidagi xabarni eshitib yo‘lga chiqqanida aynan shu yer, aynan shu daraxt deb o‘ylamagan edi. Manzarani ko‘rib, hayratda turganida mayor shu savolni berdi. Zohid unga javob bermay murdaga tikildi.

  • Aynan o‘shanday emas, — dedi o‘ychan. — Hozircha ikkita farq bor. Birinchisi moshina yonmagan. Buning o‘rniga murdani yoqishgan.

  • Buning ham boyligiga tegishmabdi, — dedi mashina ichini titayotgan Hamdam Tolipov. — Ancha-muncha pul. Bezaklar bor ekan. Yigitlar hisoblashyapti.

  • O‘zaro urushning boshlanganimi bu? — deb so‘radi Zohid mayordan. Soliev yelka qisib qo‘ydi.

  • Hali vaqt bor edi. Qaydam?

  • Bizning ishimizni osonlashtirishmi yo chalkashtirishmi maqsadlari? Bu savolga mayor Soliev javob bera olmas edi...

ELCHIN




1989 yil 1 iyun
Jamshidni Chuvrindining uyidan chiqarishdi.
Zaynab uning o‘limi haqidagi xabarni eshitdi-yu, esi og‘ib qolayozdi. U otasining poylab kelganini, fojia uning amri bilan yuz berganini tasavvur ham qila olmas edi. Zaynab tuni bilan mijja qoqmadi. Tuni bilan Jamshid unga hamsuhbat bo‘ldi. Jamshid ilgarigidek jingalaksoch emas, sochlarini oldirib boshiga do‘ppi kiyib olgan, yanada xushro‘ylashgan Otabek edi. Ular qilvir sochlari mayin titrayotgan majnuntol panasida, to‘lqinchalari oy nuri bilan o‘ynashayotgan hovuz bo‘yida bir-birlariga roz aytdilar...
Qizini poylab Manzura ham bu tun uxlamadi. Zaynab hovli o‘rtasida harakatsiz turib qolganida Manzura ziyrak edi. Qiziga tikila-tikila ko‘zi toliqdi. Shoshqaloq xo‘rozlar qichqira boshlaganida g‘aflat bosibdi. Necha daqiqa ko‘zi ilindi, bilmaydi. Cho‘chib ko‘zini ochsa — Zaynab yo‘q. Manzura o‘tirgan yerida «Zaynab!» deb chaqirdi. Javob bo‘lmadi. U «Voy, sho‘rim!» deganicha hovliga oyoqyalang holda yugurib chiqdi. Oshxonaga olib boruvchi usti berk yo‘lakda osilib turgan odam qorasini ko‘rib dod soldi. Yaxshi hamki Yaratgan uning hushini olmadi — yugurib borib qizining oyoqlarini quchoqlaganicha yuqoriga ko‘tardi. Bu orada boloxonadagi sergak yigitlar tushib, arqonni yechishdi.
Oradan bir necha soat o‘tgach, hovliga Elchin kirib keldi. Uyida Zaynabni ko‘rmagach,
«onasinikidadir», deb shu yerga kelgan edi. Subhi sodiqdagi dahshat to‘ridan qutilmagan Manzura uni dardli nigoh bilan qarshi oldi.

  • Zaynab shu yerdami? — degan savoliga «Ha», dedi-yu, ichkariga taklif qilayinmi yo yo‘qmi, deb ikkilandi. Oxiri bir qarorga kelib: — Yotibdi,tobi yo‘qroq, — dedi.

Zaynab karavotda sochlari parishon holda, ko‘zlarini bir nuqtaga qadab yotar edi. Manzura qiziga qarab turib xo‘rligi keldi. Pastki labini tishlab, yig‘lab yubormaslik uchun tashqariga chiqdi.

  • Nima bo‘ldi? Tuzukmisiz? — dedi Elchin.

Zaynab unga bir qarab olgach, ko‘zini shiftdagi yana o‘sha nuqtaga qadadi:

  • Men... o‘zimni o‘ldirmoqchi edim...— dedi Zaynab xasta ovozda. Elchin nima deyishini bilmay gangib qoldi.

  • Men... yashashni istamayman... Jamshid akamning yonlariga borishni xohlayman...

  • Jamshid? Qaysi Jamshid?

  • Jamshid akamni o‘ldirishdi. Men Jamshid akamni yaxshi ko‘rardim. Xudodan yashirmaganni sizdan yashirmayman... Xudo jonimni olmadi. Bolangiz tug‘ilganidan keyin... meni o‘ldiring!.. Men... Sizga xiyonat qildim...

  • Yo‘q! — dedi Elchin titrab.

  • Erkak bo‘lsangiz, meni o‘ldirasiz...

  • Yo‘q! — Elchin bu safar qattiq baqirdi. Zaynab shiftga qadagan nigohini uzib unga qaradi.

  • O‘ldirasiz...— dedi pichirlab.

Manzura kirib, Elchinning yengidan asta tortdi.

  • Sizni chaqirishyapti.

  • Zaynab, bu gapni miyangizdan chiqarib tashlang, ishonmayman! — dedi Elchin, orqasiga tisarilib.

Katta xona o‘rtasida Asadbek bilan Kesakpolvon tik turgan holda gaplashishardi. Elchin kirib kelgach, Asadbek darg‘azab ko‘zlarini unga qadab, tik bosib keldi.

  • Jamshidda nima qasdingiz bor edi?! — dedi u titroq ovozda.

  • Jamshidda? — Elchin dovdiradi. — Nima bo‘ldi o‘zi, hozir eshitdim... Gapini tugatishga ulgurmasdan Asadbek uni giribonidan oldi.

  • Jim yurgin deganmidim? Qasosingni olgan eding-ku?

  • Bek aka, avval gapimni eshiting. Hozir Farg‘onadan kelyapman, axir.

  • Haydar, Shilimshiq qanday o‘ldirilganini ko‘rganmiding? — dedi Asadbek uni qo‘yib

yubormay. — Ayt bunga, ko‘rganmiding?

  • Ko‘rgandim.

  • Jamshidni-chi?

  • Ko‘rdim. O‘sha daraxtga osib, haligisi kesib tashlanibdi.

Asadbek Elchinning giribonidan qo‘lini oldi-yu, o‘sha zahoti jag‘iga musht tushirdi. Elchin gandiraklab ketdi. O‘zini o‘nglashga ulgurmay Kesakpolvonning tepkisini yedi. Asadbek g‘azab otiga minib tomosha ko‘rsatmayotgan edi. U Jamshidning o‘limida Elchinni chindan ham aybli deb sanadi. Nazarida Elchin daydib ketmay uyida o‘tirganida, xotiniga yaxshi qaraganida bu ko‘rgiliklar yo‘q edi...

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin