“Albatta nafs, agar Parvardigorimning o‘zi rahm qilmasa, barcha yomonliklarga
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
9
buyurguvchilar”
(Yusuf, 53). Ya’ni, nafs yomonlikka va shahvoniyatga buyuradi...
Amalning savobini Alloh taolodan umid qilish, deganda, insonlarning gaplariga parvo
qilmasdan, amalni Alloh taolo uchun xolis qilish tushuniladi.
Ba’zi hukamolardan rivoyat qilinadi: “Amal qilguvchi amalida qo‘y boquvchidan o‘rnak
olishligi lozim bo‘ladi. Albatta, qo‘y boquvchi agar namoz o‘qisa, qo‘ylardan namoziga
maqtov olishni o‘ylamaydi. Shuningdek, amal qilguvchi insonlar unga qarashlarini
ko‘ngliga keltirmasligi lozim. Alloh taolo uchun insonlar oldida va yolg‘iz qolganda ham
bir xil tarzda amal qiladi. Insonlarning maqtovini talab etmaydi”.
Hukamolardan ba’zisi aytadi: “Amal durust bo‘lishi uchun to‘rt narsa kerak bo‘ladi.
Avvalo, amalni boshlashdan oldin ilm lozim. Chunki amal faqat ilm bilan yaxshi bo‘ladi.
Agar amal ilmsiz bo‘lsa, amalni yaxshi qiladigan narsadan buzadigan narsa ko‘proq
bo‘ladi. Keyin amalning boshida niyat lozim. Chunki amal niyat bilan solih bo‘ladi.
13. Payg‘ambarimiz aytganlaridek: “Albatta, amallar ni-yatlari bilan” va har bir kishining
niyat qilgan narsasi bo‘ladi, ro‘za, namoz, haj, zakot va boshqa toat-ibodatlar faqat niyat
bilan durust bo‘ladi. Amal durust bo‘lishi uchun boshida niyat qilmoq lozim.
Uchinchisi: amalning o‘rtasida sabr qilmoq, ya’ni amallarni tinch, xotirjam bajarguncha
sabr qilmoq lozim.
To‘rtinchisi: amalni tugatayotgan vaqtda ixlos qilmoq lozim. Chunki amal ixlossiz qabul
qilinmaydi. Agar ixlos bilan amal qilsangiz, Alloh sizdan qabul qiladi va insonlarning
qalblari sizga bog‘lanadi”.
Harm ibn Hayyondan rivoyat qilinadi: “Qaysi bir bandam Alloh taologa qalbi bilan
yuzlansa, albatta Alloh taolo ahli imon qalblarini unga yaqinlashtiradi va ularning
muhabbatidan va rahmatidan uni rizqlantiradi”.
14. Payg‘ambarimizdan Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladi: “Albatta, Alloh taolo bir
bandani yaxshi ko‘rsa, Jabroil alayhissalomga: “Men falon bandani yaxshi ko‘rdim, sen
ham uni yaxshi ko‘r”, deydi. Jabroil alayhissalom osmon farishtalariga: “Parvardigoringiz
falonchini yaxshi ko‘ribdi, uni sizlar ham yaxshi ko‘ringlar”, deydi. U bandani osmon ahli
ham yaxshi ko‘radi. Mazkur banda barcha yer ahliga ham maqbul bo‘ladi va bir bandani
yomon ko‘rib qolsa ham, xuddi shunday e’lon qiladi”.
Zohid Shaqiq ibn Ibrohimdan bir kishi savol so‘ragani rivoyat qilinadi: “Albatta, insonlar
meni solih deydilar, men solih yoki solih emasligimni qanday bilaman”. Shaqiq
rahmatullohi alayh unga aytdi: “Solihlarning huzurida siringni oshkor qil, agar unga rozi
bo‘lsalar, solihsan, agar rozi bo‘lmasalar, yo‘q. Qalbingga dunyoni ro‘baro‘ qil, agar
qalbing qaytarsa, bilki solihsan, bo‘lmasa, yo‘q. O‘zingga o‘limni ro‘baru qil, agar o‘limni
xohlasang, bilki, solihsan, bo‘lmasa yo‘q. Vaqtiki senda bu uch qism jamlansa, Alloh
taologa amallarda riyo qilmaslik uchun tazarru etgin, toinki amallaringni fasod qilmasin”.
15. Anas ibn Molik Hazrati Payg‘ambarimizdan rivoyat qiladi: “Mo‘min kim,bilasizllarmi?”
“Alloh va Uning rasuli bilguvchiroqdir”. “Mo‘min kishi ulkim, to o‘zi to‘g‘risida odamlardan
eshitgan maqtovlar bilan quloqlari to‘lmaguncha olamdan ko‘z yummagay. Agar yetmish
qavat temir eshikli uy ichida Alloh taolo toati uchun amal qilsa ham, Alloh ul kishining
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Dostları ilə paylaş: |