www.ziyouz.com kutubxonasi
16
o‘limning boshga tushishi. Uchinchisi, Alloh taolo huzurida turishlik. Rabbim menga
qaerga kirishni buyuradi: jannatgami yo do‘zaxgami – bilmayman”.
27. Rasulullohdan (s.a.v.) rivoyat qilinadi. Aytdilarki: “Agar hayvonlar o‘lim haqida sizlar
bilgan narsani bilganlarida edi, ularning yog‘liq go‘shtini hech qachon yemagan bo‘lar
edingizlar”.
Homid Liffofdan zikr qilindi. U aytadi: “Kimiki o‘limni ko‘p eslasa, uch narsada ulug‘
bo‘ladi: tavbani tez qilishda, rizqiga qanoat qilishda va ibodatda g‘ayratli bo‘lishda. Endi
kimiki o‘limni esdan chiqarsa, uch narsada orqada qoladi: tavbasini orqaga suradi, kun
ko‘rishga yetarli narsaga rozi bo‘lmaydi, ibodatlarida yalqovlik qiladi”.
Zikr qilinadiki, Iso alayhissalom Allohning izni bilan o‘liklarni tiriltirar edi. Unga
kofirlardan ba’zilari: “Sen hozirgina o‘lgan o‘likni tiriltirding, balki u o‘lmagandir. Bizga
qadim zamonda o‘lgan o‘likni tiriltir”, dedilar. Iso alayhissalom ularga: “Xohlagan
kishingizni ayting”, dedilar. Ular: “Bizga Nuhning o‘g‘li Somni tiriltir”, deyishdi. Iso
alayhissalom uning qabri oldiga kelib, ikki rak’at namoz o‘qidilar va Allohga duo qildilar.
So‘ng Alloh taolo Nuhning o‘g‘li Somni tiriltirdi. Uning soch-soqollari oqarib ketgan edi.
Shunda unga aytdilarki: “Axir, senga nima bo‘ldi, qarilik sening davringda bo‘lmagan
edi-ku?” Nuhning o‘g‘li Som ularga: “Men bir chaqiriq eshitdim va qiyomat bo‘lib qolibdi-
da, deb o‘yladim va qiyomat qo‘rqinchidan boshimdagi sochim hamda soqollarim oqarib
ketdi”, dedi. Undan so‘radilar: “Sening o‘lganingga qancha vaqt bo‘ldi, qanchadan beri
shu qabrdasan?” U: “To‘rt ming yildan beri shunda yotibman, lekin o‘lim azobini
boshdan kechirganim haligacha mendan ketgani yo‘q”, dedi.
Deydilarki: “Bir mo‘min o‘lsa, unga qayta tirilishlik va hayotga qaytishlik taklif qilinadi.
Lekin u o‘lim azobini, jon berish qiynog‘ini boshidan kechirgani uchun hayotga qaytishni
xohlamaydi, faqat shahidlargina xohlaydilar. Chunki ular o‘lim azobinni totmaganlar.
Ular ikkinchi bor hayoti dunyoga qaytib, Alloh yo‘lida jang qilib, halok bo‘lishni orzu
qiladilar”.
Ibrohim ibn Adhamdan rivoyat qilinadi. Unga: “Agar biz bilan o‘tirsang, sendan ul-bul
narsa eshitar edik”, dedilar va u: “Men to‘rt narsa bilan mashg‘ulman, agar shu ovoralik
bo‘lmaganida edi, sizlar bilan o‘tirgan bo‘lar edim”, dedi. “U narsa nima?” deb so‘rashdi.
Shunda: “Uning birinchisi, men al-Miysoq, ya’ni va’da berilgan kun haqida o‘ylayapman,
o‘sha kunda odam farzandlaridan Alloh taolo va’da olgan”.
28. Alloh aytadi: “Ana ular jannatga boradilar. Mening parvoyimga ham kelmaydi va ana
ular do‘zaxga boradilar. Mening parvoyimga ham kelmaydi”. Ana shu vaqtda men bu ikki
firqaning qaysi birida bo‘lganman, bilmayman. Ikkinchisi, Alloh taolo onaning qornida
bolani yaratadi va unga ruhni puflaydi, shunda maloika Allohdan: “Yo Rabbim, bu
do‘zaxga kirguvchi baxtsizmi yoki jannatga kirguvchi baxtiyorlardanmi?” deb so‘raydi.
Bilmaymanki, o‘sha vaqtda men uchun berilgan javob qanday bo‘ldi, ana shu haqda
fikrlayapman. Uchinchisi, o‘lim farishtasi kelib, jonimni olmoqchi bo‘lgan vaqtda Allohga:
“Yo Rabbim, bu musulmonlar bilan birgami yoki kofirlar bilanmi?” deydi. Menga bo‘lgan
javob qanday bo‘ladi, bilmayman. To‘rtinchisi, Alloh taolonning Yosin surasining 59-
oyatida zikr qilingan: