www.ziyouz.com kutubxonasi
18
tushadilar. Shunda insonlar maloikalarga: “Sizlar kimsizlar?” Biz sizlardan ham ko‘ra
hidlari bunchalar xushbo‘y, yuzlari bunchalar go‘zal kimsalarni ko‘rmaganmiz”,
deyishadi. Maloikalar ularga: “Biz sizlarni shu hayoti dunyoda amallaringizni yozgan va
oxiratda sizlar bilan birga bo‘ladigan do‘stlaringizmiz”, deydilar.
Xullas, har bir aql egasi g‘aflat uyqusidan uyg‘onmoqligi lozim.
G‘aflat to‘shagidan uyg‘onish alomatlari to‘rt narsadir:
1. Dunyoning ishlarini qanoat bilan, shoshqaloqlik qilmasdan bajarish.
2. Oxirat ishlariga hirs qo‘yish va uni shoshilib bajarish.
3. Din ishlarini ilm va ijtihod bilan qilish.
4. Xulq-atvor ishlarini nasihat bilan qilish.
Kimdaki quyidagi besh xislat topilsa, insonlarning eng afzali deyiladi:
1. Rabbisi qabul qiladigan ibodatda bo‘lishligi.
2. Birovlar uchun uning g‘amxo‘rligi, foydasi yaqqol ko‘rinib turmoqligi.
3. Insonlar u qilsa, qo‘lidan keladigan yomonlilaridan omonda bo‘lishliklari.
4. Odamlar qo‘lida bo‘lgan narsalardan, xoh mol-dunyo, xoh mansab bo‘lsin, umidni
uzishligi.
5. O‘lim uchun har vaqt hozir turmoqlligi.
Ey birodarlar! Albatta, hammamiz o‘lishga mahkum, o‘lim uchun yaratilganmiz. Undan
hech kim qochib qutula olmas. Alloh taolo bunday deydi:
“Hech shak-shubhasiz, sen o‘luvchidirsan, ular ham o‘luvchidirlar” (Zumar, 30);
Ayting:
“Agar sizlar o‘lishdan yo o‘ldirilishdan qochsangizlar, bu qochish sizlarga biror foyda bermas” (Ahzob, 16).
Har bir musulmon kishiga o‘lim boshiga tushmasidan oldin o‘limga hozirlik ko‘rmoqlik
vojibdir. Alloh taolo bunday deydi:
“Rostgo‘y bo‘lsangizlar, o‘limni orzu qilinglar. Qilgan kirdikorlari sababli hargiz uni (o‘limni) orzu qilolmaydilar” (Baqara, 94-95).
Alloh taolo bizlarga, albatta Allohga va oxiratga hamda uning jannatiga ishonadiganlar,
ya’ni sodiqlar o‘limni orzu qilishlarini bayon etadi. Va endi, albatta, Allohga ishonmay,
oxiratni va Uning jannatini yolg‘on deguvchilar o‘z amallarinning yomonligi sababli
o‘limdan qochadilar. Chunki mo‘min kishi o‘lim uchun har vaqt hozirlik ko‘radi va u
Rabbisiga bo‘lgan ishtiyoqi bilan o‘limni orzu qiladi. Shu haqda Abu Dardodan rivoyat
qilinadi. U aytadiki: “Men faqirlikni Rabbimga kamtarlik qilish uchun yaxshi ko‘raman va
kasallikni gunohlarga kafforat bo‘lishligi uchun yaxshi ko‘raman. O‘limni Rabbimga
mushtoq bo‘lganligim uchun yaxshi ko‘raman”.
Abdulloh ibn Mas’uddan rivoyat qilindi: “Xoh bir xudojo‘y, haqgo‘y nafs bo‘lsin, xoh
gunohkor, fojir nafs bo‘lsin, o‘lim unga yaxshidir. Agar o‘sha nafs yaxshilardan bo‘lsa,
Alloh taolo aytadiki:
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy