Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu
Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
11
ham, agar riyo aralashsa, uni sindiradi, agar manmanlik aralashsa ham, uni sindiradi.
Kishi bir amalni qilganda riyo aralashib qolishidan qo‘rqsa, qo‘lidan kelsa, riyoni
ko‘nglidan chiqarsin, so‘ngra shuning uchun o‘sha
narsaga harakat qilsin, agar imkoni
bo‘lmasa, amalni qilaversin va amalni riyo tufayli tark qilib qo‘ymasin. Keyin Allohdan
istig‘for so‘rasin, bu ishda riyosi o‘rniga shoyadki, Alloh boshqa
amalida ixlosmand qilib
qo‘ysa”.
Bu to‘g‘rida aytiladiki, albatta, riyo qilguvchilar o‘lganlaridan beri dunyo xarobdir. Chunki
ular yaxshi amallarni qilardilar, qalandarxonalar, ko‘priklar,
masjidlar kabi narsalarnnni
qurardilar. Bu narsalarda odamlar uchun foyda bor edi, garchi riyo uchun bo‘lgan bo‘lsa
ham. Ko‘pincha musulmonlarndan birontasinning duosi foyda berib qoladi... Ba’zi o‘tgan
kishilardan rivoyat qilinadi: Bir yo‘lovchi kambag‘allar uchun musofirxona qo‘rgan ekan.
U o‘ziga-o‘zi aytar ekanki: “Bilmadim, bu amalim Alloh taolo uchunmi yoki yo‘qmi”, deb.
Bas, bir kuni tushida bir kishi kelib: “Agar amaling Alloh uchun bo‘lmasa ham,
musulmonlardan bittasi duo qildi. Amaling Alloh uchun bo‘ldi”, deydi. Shunda ko‘p
xursand bo‘lgan ekan.
Huzayfa ibn Yamon oldida bir kishi: “Yo Parvardigor, munofiqlarni halok qilgin”, debdi.
Xuzayfa shunda: “Agar ular halok bo‘lib ketsalar, dushmanlaringdan haqlaringni ola
bilmas edinglar”, ya’ni ular g‘azotga chiqib,
dushman bilan urushardilar, degan ekan.
Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Odamlar farzlar to‘g‘risida so‘zlashibdilar. Ba’zilari
debdi: “Unda riyo yo‘q. Chunki u butun xalqqa farzdir. Agar kishi ustidagi farzni ado
qilsa, bu riyoga kirmaydi”. Ba’zilar esa: “Riyo farzlarga ham, boshqalariga ham kiradi”,
deb aytdi.
Bu ish mening nazdimda ikki xildir. Birinchi: agar bir inson farz amallarini riyo uchun –
insonlarga ko‘rinish
uchun ado qilsa, u ishni ado qilmabdi. Bu esa butunlay
munofiqlikdir. Alloh taolo o‘z so‘zida munofiqlar haqida aytgan:
Dostları ilə paylaş: