XVII BOB. G‘IYBAT 204. Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Sizlar g‘iybat
nima ekanligini bilasizlarmi? “Sahobalar javob berdilarki: “Alloh va rasuli biladi”.
Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Agar birodaringizni o‘zi yomon ko‘rgan narsa bilan zikr
qilsangiz, albatta g‘iybat qilibsiz”. So‘radilarki: “Men aytgan so‘zimni birodarlarimda
ko‘rgan bo‘lsam-chi?” Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Agar undagi bor narsani aytgan
bo‘lsangiz, g‘iybat qilgan bo‘lasiz, agar unda yo‘q narsani aytsangiz, tuhmat qilgan
bo‘lasiz”.
Ba’zi oldin o‘tganlardan Faqih rivoyat qiladi. Agar falonchining kiyimi kalta yoki uzun
desangiz, bu g‘iybat bo‘ladi. Endi falonchining kiyimini zikr qilsangiz, g‘iybat bo‘lsa-yu
o‘zidan gapirsangiz qanday bo‘lur ekan?
205. Ibn Abu Najih aytadi: “Bir pakana xotin Payg‘ambarimizning (s.a.v.) oldilariga kirdi.
U xotin qaytib chiqqanidan so‘ng, Oyisha onamiz, Alloh rahmat qilsin: “Shunchalik bo‘yi
kalta ekan”, dedi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Sen uni g‘iybat qilding”, dedilar. Oyisha, Alloh
undan rozi bo‘lsin: “Nima degan bo‘lsam, undagi bor narsani aytdim-ku”, dedi.
Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: “Sen undagi eng yomon narsani aytding”.
206. Abu Said Xudriy rivoyat qiladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilarki: “Isro kechasi bir
qavm tanasidagi bir qism go‘shtni kesib, uni luqma qilib turganlarida, ularning oldidan
o‘tib qoldim. Keyin ularga Jabroil alayhissalom aytdiki: “Birodarlaringizning go‘shtini
yeganingizdek, yeyaveringlar”. “Yo Jabroil, ular kimlar?” deb so‘radim. Hazrat Jabroil
javob qildiki: “Ular ummatlaringiz orasidagi g‘iybatchilar”.
207. Faqih, Alloh rahmat qilsin, deydi: Kunlardan bir kun otam ushbu hikoyani
aytayotganlarini eshitdim: “Payg‘ambar (s.a.v.) uylarida, ahli suffadagi sahobalar
masjidda edi. Zayd ibn Sobit masjidda Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitganlarini aytayotgan
edilar. Shu payt Payg‘ambarga (s.a.v.) go‘sht keltirishdi. Sahobalar ibn Sobitga: