www.ziyouz.com kutubxonasi
97
“Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilariga kirib aytgin, bizlar falon kundan buyon go‘sht tanovul
qilgan emasmiz, kelgan go‘shtdan bizga yuborsinlar”, dedilar. Zayd ularning oldilaridan
chiqib ketgandan keyin, ular: “Zayd ham bizlar Rasulullohdan olganimizchalik olgan,
xolos, qanday qilib bizga hadis aytadi”, deyishdi. Shu vaqt Zayd Payg‘ambarning (s.a.v.)
oldilariga kirib, ularning istagini yetkazdi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Ularga hozirgina go‘sht
yedilaringiz-ku, deb aytgin”, dedilar. Zayd ularning oldilariga kelib, bu gapni yetkazdi.
Ular: “Allohga qasamki, falon kundan buyon go‘sht yeganimiz yo‘q”, deyishdi. Zayd yana
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) oldilariga kelib, ularning so‘zlarini yetkazdi. Payg‘ambar (s.a.v.)
yana takror qilib: “Ular hozirgina go‘sht yedilar”, dedilar. Zayb yana qaytib,
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) so‘zlarini ularga yetkazdi. Shundan so‘ng ular o‘rinlaridan turib,
Payg‘ambar (s.a.v.) yonlariga kelishdi va: “Yo Rasululloh, bizlar falon-falon vaqtdan beri
go‘sht tanovul qilgan emasmiz”, deyishdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ularga: “Hozirgina
birodarlaringizning go‘shtidan yedingiz-ku, go‘shtning izi tishlaringizda bor,
tupursalaringiz, go‘shtning qizilligini o‘zlaringiz ko‘rasizlar”, dedilar. Shundan so‘ng ular
tupurganlarida og‘izlaridan qonli tupuk tushganini ko‘rdilar. Shu paytning o‘zida tavba
qildilar va Zayddan uzr so‘rab: “Bizlar faqat yaxshilikni ko‘zlagan edik”, dedilar.
208. Jobir ibn Abdulloh, Alloh ikkalasidan ham rozi bo‘lsin, shunday rivoyat qildi:
“Payg‘ambarimiz (s.a.v.) zamonlarida sassiq bir hidli shamol esib qoldi. Shunda
Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Munofiqlar musulmonlarni g‘iybat qildilar, shuning uchun
badbo‘y hidli shamol esyapti”, dedilar”.
Hakimlarning ba’zilariga aytildi: “Payg‘ambarimiz (s.a.v.) zamonlarida g‘iybat shamoli
sassiqligining bilinishida va bizning zamonamizda bu narsaning yo‘qligida qanday hikmat
bor?”
Javob berishdiki: “Chunki bizning davrimizda g‘iybat ko‘payib, burunlarimiz g‘iybatning
sassiq hidi bilan to‘lib bitgan, buning o‘xshashi: Bir kishi teri oshlovchi-larning oldilariga
kirsa, terining sassiq hididan ular-ning yonlarida tura olmaydi, biroq u joyda ishlovchilar
bemalol ishlab, o‘sha joyda ovqatlanib, choy ichishadilar, ular sassiq hidni sezmaydilar.
Chunki ularning burunlari shu sassiq hid bilan to‘lib bo‘lgan. Bizdagi hozirgi g‘iybat ishlari
shunday holatdadir”.
209. Suddiydan rivoyat qilindi: Salmon Forsiy, Alloh undan rozi bo‘lsin, odamlar bilan
safarda edi, ular orasida Umar (roziyallohu anhu) ham bor edi. Ular bir joyda tushdilar
va chodirlarini tikishib, ovqat qila boshladilar. Salmon esa uxlab qoldi. Oldilaridan bir
kishi: “Bu qul tayyor chodirlarni, pishirilgan ovqatlarnigina xohlaydi”, dedi. Hamrohlari
Salmonni uyg‘otib: “Payg‘ambarimiz (s.a.v.) oldilariga borgin va bizlar uchun ovqat
so‘ragin”, deyishdi. So‘ng Salmon payg‘ambarimiz (s.a.v.) oldilariga kelib, ularning
istagini bildirdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Salmonga aytdilar: “Ularga aytgin, ular
ovqatlanishdi”. Salmon esa darhol Payg‘ambarimiz (s.a.v.) gaplarini ularga yetkazdi.
Ular esa: “Ovqatlanmadik”, deyishdi. Shunda Salmon Forsiy: “Payg‘ambarimiz (s.a.v.)
sizlarga yolg‘on so‘zlamaydilar”, dedi. So‘ngra ularning hammasi Payg‘ambarimiz
(s.a.v.) oldilariga qaytib keldilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ularga: “Sizlar
birodarlaringizning go‘shtidan yedilaringiz, chunki u uxlagan paytda u haqda nima deb
gapirgan bo‘lsangiz o‘shadir” dedilar va ularga ushbu oyatni o‘qidilar: