Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
104
chaqimchilar. 
Va yana aytiladiki: “Qabr azobi uchga bo‘linadi. Birinchisi g‘iybatdan, ikkinchisi – 
siydikdan, uchinchisi – chaqimchilikdan”. 
Hammod ibn Salamadan rivoyat qilindi: “Bir kishi g‘ulom sotibdi. Oluvchiga: “Uning 
chaqimchiligidan boshqa aybi yo‘q”, debdi. Oluvchi g‘ulomning aybini yengil sanab, sotib 
olibdi Xizmatchi xo‘jayinnikida bir necha kun turgandan keyin bir kuni xo‘jayinining 
xotini oldiga borib: “Seni ering yaxshi ko‘rmaydi, sening o‘rningga o‘ynash topgan. 
Senga mehribon bo‘lishini xohlaysanmi?” debdi. Xotini: “Ha!” debdi. Xizmatchi: 
“Ustarani olgin va ering uxlagan vaqtda soqolining uchidan ozginasinni qirqqin”, deb 
o‘rgatibdi. Shundan so‘ng erining oldiga keldi va shunday dedi: “Xotining senga xiyonat 
qildi, o‘ziga o‘ynash topdi. Endi u seni o‘ldiradi. Sen buni aniqlashni xohlaysanmi?” dedi. 
Er: «Ha!» dedi. Xizmatchi: “O‘zingni uxlaganga solgin” dedi. Eri o‘zini uxlaganga soldi. 
Shu payt xotini uning soqolidan olish uchun ustara bilan keldi. Eri esa, u meni o‘ldiradi, 
deb gumon qilib, undan ustarani olib, xotinini o‘ldirdi. Xotinining yaqinlari kelib erni 
o‘ldirdilar. Erning qarindoshlari kelishdi. Ular orasida urush bo‘ldi”. 
Yahyo ibn Aksam rivoyat qiladi: “Chaqimchi sehrgardan ham yomondir. Chunki 
chaqimchining bir soatda qiladigan ishini sehrgar bir oyda ham qila olmaydi”. 
Rivoyat qilindi: “Chaqimchining amali shaytonning amalidan zararliroqdir. Chunki 
shaytonning amali xayolan va vasvasa bilan bo‘ladi. Chaqimchining amali esa yuzma-
yuz kelish va ko‘rish bilan bo‘ladi”. 
Alloh taolo Masad surasida “hammalatal-Hatob” dedi. Ko‘p tafsirchilardan aytilganki, 
“Hatob”dan maqsad chaqimchilik. Chaqimchilikni “o‘tin” deb nomladi. Chunki 
chaqimchilik dushmanlikka va urushga sababdir. Olovning, yondiruvchi narsaning 
o‘rnidadir. 
Aksam ibn Sayfiy aytadi: “Xorlar to‘rt nafardir: chaqimchi, yolg‘onchi, qarzdor va yetim”. 
Ubayda ibn Abu Luboba Ubaydulloh Qurashiydan rivoyat qiladi: «Bir kishi bir kishiga 
yetti kalima uchun yetti yuz farsax masofaga erishib keldi. Unga yetib kelgach, undan 
so‘radi: “Men sendan Alloh senga bergan va ilmdan so‘ramoq uchun keldim. Menga 
osmondan ham og‘irroq narsaning, yerdan ham kengroq narsaning, toshdan ham 
qattiqroq narsaning, olovdan ham issiqroq narsaning, ayozdan ham sovuqroq narsaning, 
dengizdan ham chuqur narsaning, yetimlikdan ham zaifroq narsaning xabarini bergin”, 
dedi. U javob berdi: “Pokdomon kishiga tuhmat qilishlik osmondan ham og‘irroqdir. Haq 
yerdan ham kengroqdir; qanoat qiluvchi qalb dengizdan ham chuqurroqdir, boyroqdir; 
jasaddagi hirs olovdan ham issiqdir. Yaqiniga hojati tushib, undan najot topmaslik 
ayozdan ham sovuqroqdir. Kofirning qalbi toshdan ham qattiqdir. Chaqimchilik, agar 
uning egasi tayin bo‘lsa, yetimdan ham zaifdir”. 
Boshqa rivoyatda, chaqimchining ishi zohir bo‘lib qolsa, u xorga aylanadi, deyiladi. 
217. Ibn Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: 
“Alloh taolo jannatni yaratgan vaqtda aytdi: “Gapirgin!” Jannat javob qildi. “Menga kim 
kirsa, baxtli bo‘ladi”. Alloh taolo aytdi: “Izzatimga va ulug‘ligimga qasamki, u yerda 
odamlardan sakkiz nafari turmaydi: doimiy aroq ichuvchi, zinoni davomli qiluvchi, 
chaqimchi, dayus, qurumsoq, ziqna va yo‘lto‘sar, o‘zini xotinga o‘xshatgan kimsa, 
qarindoshchilikni uzuvchi, menga Allohning ahdi bor, qilmasam unday bo‘lay, bunday 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin