www.ziyouz.com
kutubxonasi
106
Hammalaringiz tavba qilinglar!” dedi. Hammalari tavba qilishdi. Shundan so‘ng, Alloh
ularga suv berdi”.
Zikr qilindi: Amiral mo‘minin Sulaymon ibn Abdulmalik Zuhriy bilan o‘tirgandi. Bir kishi
keldi. Sulaymon unga: “Menga yetdiki, sen mening ustimdan chaqimchilik qilibsan? U-bu
gaplarni aytibsan”, dedi. Haligi kishi: “Bunday qilmadim, siz to‘g‘ringizda hech narsa
aytmadim”, dedi. Sulaymon: “Menga xabar keltirgan kishi sodiq (to‘g‘riso‘z)dir”, dedi.
Shunda Zuhriy (Alloh undan rozi bo‘lsin): “Chaqimchi to‘g‘riso‘z bo‘lmaydi”, dedi.
Sulaymon: “To‘g‘ri aytding, sen tinchgina ketaver”, dedi.
Hakimlarning birlari aytgan edi: “Kim sizga sizni falonchi so‘kdi”, deb xabar keltirsa,
uning o‘zi so‘kuvchidir, sizni so‘kkan kishi emas”.
Vahb ibn Munabbah, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “Kim seni senda yo‘q narsalar bilan
maqtasa, senda yo‘q narsalar bilan yomonlamoqdan omon bo‘lmaysan”.
Faqih aytadi: “Sizning oldingizga bir kishi kelib, falonchi sizni bu unday, bu bunday, deb
gapirdi”, deb ketib qolsa, sizga olti narsa vojib bo‘ladi.
Birinchi, uni to‘g‘ri deya topmang. Chunki chaqimchining shahodati ahli islom nazdida
rad qilingan. Alloh taolo aytadi:
“Ey mo‘minlar, agar sizlarga bir fosiq kimsa biron
xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda biron qavmga
musibat yetkazib qo‘yib, qilgan ishlaringizda afsus-nadomat chekib
qolmasliklaringiz uchun (u fosiq kimsa olib kelgan xabarni) aniqlab-tekshirib
ko‘ringlar”
. Ya’ni agar fosiq sizlarga xabar keltirsa, bu ishga qaranglar, shoshilmanglar,
qavmga johillik bilan musibat yetkazib qo‘ymanglar.
Ikkinchi, siz uni bu ishdan qaytaring, chunki yomon ishdan qaytarishlik vojibdir.
Alloh taolo aytadi:
“(Ey ummati Muhammad) odamlar uchun chiqarilgan millatlarning eng yaxshisi
Dostları ilə paylaş: |