“Butlardan iborat najosatdan yiroq bo‘lingiz va yolg‘onchilikdan yiroq bo‘lingiz” (Haj, 30).
Va aytildiki: “G‘iybat ma’lum kimsalarga qaratilgandagina g‘iybat bo‘ladi. Agar bir shahar
xalqi yomon deb zikr qilinsa ham, bu g‘iybat bo‘lmaydi. Chunki ularda yaxshilari ham,
yomonlari ham bor. Bundan u odam hammani xohlamagani bilinadi. Ammo bu ishni ham
qilmaslik afzaldir.
Zohidlarning biridan zikr qilinishicha, bir odam xotini uchun paxta sotib oldi. Xotini esa
eriga: “Paxta sotuvchilar yomon odamlar, ular sizga xiyonat qilibdilar”, dedi. Bu gapi
uchun zohid xotiniga taloq aytdi. U zohiddan buning sababini so‘rashishdi. U: “Men
rashkchi kishiman qiyomat kunida barcha paxta sotuvchi kishilar dushman bo‘lib
qolishidan qo‘rqaman. Falonchining xotiniga paxta sotuvchilar osilib olishdi, deyilishidan
qo‘rqaman. Shuning uchun men xotinimni taloq qildim”, dedi.
Aytildiki, uch kishini gapirsa, g‘iybat bo‘lmaydi:
1. Zolim podshohni gapirsa, g‘iybat bo‘lmaydi.
2. Ochiq gunoh qiluvchini gapirsa, g‘iybat bo‘lmaydi.
3. Bid’at sohibini gapirsa, g‘iybat bo‘lmaydi. Ya’ni ularning ishlari va yo‘llarini gapirsa
bo‘ladi. Agar ularning badanidagi biror aybi aytilsa, g‘iybatdir. Lekin odamlar ularning
fe’llarini va yo‘llarini insonlarni ogohlantirish uchun zikr qilsa, buning zarari yo‘q.
212. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi. Aytdilarki: “Fojirda bor narsalarni zikr
qilinglar, odamlar undan hazar qilishi uchun”.
Faqih aytadiki, g‘iybatning to‘rt tomoni bor:
1) kufr tomoni;
2) nifoq tomoni;
3) gunoh tomoni;
4) muboh tomoni.
Kufr tomoni musulmonni g‘iybat qilmog‘idir. Unga aytiladi: “G‘iybat qilmagin”, deb. U
javob qiladi: “Bu g‘iybat emas, bu narsaga sodiqman (ya’ni rost aytayapman)”, deb. Bu
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy