www.ziyouz.com kutubxonasi
100
Yo‘q!
U:
Sendan Rum va Turk salomat qolibdi, lekin musulmon birodaring salomat qolmadi,
dedi”
Sufyon: “Shundan so‘ng, bu ishga qaytmadim”, deydi.
Hotam Zohid, Alloh rahmat qilsin, aytdiki: “Uch narsa majlisda bo‘lsa, rahmat ketadi”.
Birinchisi, dunyoni zikr qilish. Ikkinchisi, kulgu. Uchinchisi, odamlarni g‘iybat qilish”.
Roziy aytadi: “Mo‘min sendan uch xislat bilan nasiba olsa, yaxshilardan bo‘lasan.
Birinchisi, agar sening unga foydang tegmasa, sen unga zarar qilma. Ikkinchisi, agar sen
uni xursand qila olmasang, unga g‘am keltirma. Uchinchisi, agar sen uni maqtay
olmasang, uni yomonlay ko‘rma”.
Mujohiddan zikr qilindi: “Odam farzandlari bilan bir farishta ham o‘tirgan edi. Shu vaqtda
ulardan biri birodarlaridan birini maqtab gapirib qoldi. Maloika aytdiki: “Senga ham unga
o‘xshashi bo‘lsin”. Yana birlari birodarlarining yomon tomonlarini zikr qildi. Maloika
aytdi: “Ey odam bolasi, uning avratiga qo‘yilgan satrni (pardani) ochding, o‘zingning
nafsingga qaytgin va Allohga hamdki, U zot sening avratingni berkitdi”.
Zikr qilinishicha, kunlarning birida Ibrohim Adhamni bir noma’lum kishi mehmonga
aytdi. Ibrohim Adham kelib o‘tirgach, ulardan biri, falonchi kelmadi, dedi, ikkinchisi esa
falonchi semiz, og‘ir, dedi. Ibrohim aytdiki: “Musulmonni g‘iybat qilgan paytda qornim
to‘ydi”, deb chiqib ketdi va uch kungacha ovqat yemadi.
Hakimlarning ba’zilari aytdilarki: “Uch narsaga kuching yetmasa, uch narsani mahkam
ushla. Birovga yaxshilik qilishga kuching yetmasa, yomonlik qilishdan saqlangin. Agar
odamlarga foydang tegishiga qodir bo‘lmasang, zarar keltirishdan o‘zingni saqlagin. Agar
ro‘za tutishga qodir bo‘lmasang, odamlarning go‘shtini yemagin”.
Vahb Makkiydan zikr qilindi: “G‘iybatni tashlashim menga dunyo va u yaralgandan yo‘q
bo‘lgunicha bo‘ladigan narsalar meniki bo‘lishidan yaxshiroqdir. Alloh menga harom
qilgan narsalardan ko‘zimni berkitmoqligim dunyo va undagi narsalar meniki bo‘lib, uni
Alloh yo‘lida sarf qilishimdan yaxshiroq”, dedi va ushbu oyatni o‘qidi: