Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
115
Umar suvdan o‘ta boshladi. Bir qo‘li bilan tuyaning yuganini ushlab olgan va etiklari esa 
chap qo‘ltig‘ining ostida edi. U kishining oldiga Abu Ubayda ibn Jarroh chiqdi. U kishi 
Shomga amir edi. Ubayda ibn Jarroh aytdi: «Ey amiral mo‘minin! Shomning ulug‘lari 
oldingizga peshvoz chiqyaptilar. Bu holda sizni ko‘rishlari yaxshi bo‘lmaydi». Umar, Alloh 
undan rozi bo‘lsin, aytdi: «Alloh bizlarni Islom bilan aziz qildi. Odamlarning gaplariga 
parvo qilmaymiz». 
Salmon Forsiydan zikr qilindi: U kishi Madoin shahrida amir edi. Shu shaharning 
ulug‘laridan biri bozordan bir narsa sotib oldi. Salmon Forsiy o‘tayotganda, uni Islomga 
kirmagan ajamlik kishi deb o‘ylab: «Ey, bu yerga kel, buni ko‘tarib ol!» dedi. Salmon 
Forsiy ko‘tarib oldi. U kishidan odamlar: «Alloh amirni isloh qildi: Bizga bergin, biz 
ko‘taramiz», deyishdi. Salmon Forsiy bosh tortdi. Haligi kishi o‘ziga aytardi: «Sho‘rim 
qursin! Nima uchun amirga yukimni ortdim?» Shundan so‘ng uzr so‘radi: «Men sizni 
tanimabman, Alloh sizni isloh qildi», dedi. Salmon: «Boraver», dedi. Uning uyiga bordi 
va yukini tashladi. Keyin haligi kishi: «Hech qachon, hech kimga yukimni 
tashitmayman», dedi. 
Ammor ibn Yosirdan rivoyat qilindi. U kishi Kufada amir edi. Baqqolning do‘koniga 
chiqib, yeydigan narsalar sotib oldi. Keyin bu narsalarni ziyoda qilishni so‘radi. Poxoldan 
bo‘lgan xalta oldi, bir tomonini sotuvchi oldi. Keyin u xaltani to‘ldirib, Ammorning 
orqasiga qo‘ydi va u kishi yukni uyiga olib ketdi. 
Abu Hurayradan rivoyat qilindi, Alloh undan rozi bo‘lsin. U kishini Umar ibn Xattob 
Bahraynga amir qilib yubordi. U kishi Bahraynga eshakda kirib bordi. Yo‘lda xaloyiqqa 
qarab: «Amirning yo‘lini bo‘shatinglar, amirning yo‘lini bo‘shatinglar», deb aytib borardi. 
Bu zotlar Payg‘ambarning (s.a.v.) sahobalaridan edilar. Xulqlari kamtarinlik edi. Ular 
bandalar oldida ham, maloikalar oldida ham, Allohning nazdida ham aziz zotlar edilar. 
237. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi. 
Aytdilar: «Sadaqa berish bilan mol noqis bo‘lmaydi (kamaymaydi). Kimki boshqa 
kishidan zulm ko‘rsa, zulm (qilgan) kishisini afv etsa, u bandani Alloh izzatli qiladi. 
Kamtarin kishilarning izzatini Alloh ziyoda qiladi». 
238. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: U kishi Oisha onamizning uylarida edilar. U 
kishining qo‘llarida tovoqda quruq go‘sht bor edi. U kishi ikki tizzalariga cho‘kkalab, yeb 
turardilar. Ayolga uchrasa ham, erkakka uchrasa ham, hech parvo qilmaydigan bir 
fohisha, yomon xotin kirib keldi. So‘ngra Payg‘ambarga (s.a.v.) qaradi va: «Qaranglar 
mana bunga! Qul o‘tirgandek o‘tiribdi, qul ovqat yegandek ovqat yeyapti», dedi. 
Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Men qulman, qul o‘tirgandek o‘tiraman, qul yegandek 
yeyman, sen ham yegin bundan». Xotin: «Yo‘q, qo‘ling bilan bersanggina yeyman», 
dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) qo‘li bilan uzatmoqchi bo‘ldi. Xotin: «Yo‘q, og‘zingdagidan 
bersang, yeyman», dedi. Rasulullohning og‘izlarida quruq go‘shtning payi qolgan edi, 
chaynab turardilar. Og‘izlaridan chaynab turgan payni chiqarib, unga berdilar. Xotin 
payni olib chaynadi-da, yutib yubordi. Pay xotinning qorniga tushdi. Shu paytning 
o‘zidayoq u xotinni hayo o‘rab oldi. Hattoki, biror kishiga qarashga botinolmadi. 
Shundan keyin undan biror botil narsa eshitilmadi. Toki, Alloh taologa qaytdi. 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin