Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
172
kam ekan. Faflat egalari amallarini riyo bilan qiladilar. Ular Allohga ro‘baro‘ bo‘ladigan
kunni, amallari qabul bo‘ladimi yoki yo‘qmi, o‘ylamaydilar.
379. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Sizlarning ba’zilaringiz namoz
o‘qiydi, nomai a’moliga
namozi savobining uchdan biri, to‘rtdan biri, beshdan biri,
oltidan biri, hatto o‘ndan biri yoziladi", ya’ni, namozda beparvo bo‘lgan qismlariga savob
yozilmaydi.
380. Payg‘ambardan sollallohu alayhi vasallam rivoyat qilinadi: "Kim ikki rak’at namozni
Allohga qalbi bilan yuzlangan holda o‘qisa, yangi tug‘ilgandek gunohlardan pok bo‘lib
chiqadi".
Albatta, bandaning namozi bandaning Alloh taologa yuzlanishi bilan ulug‘ qilindi. Agar
yuzlanmasa va fikri-xayoli namozdan chalg‘ib qolsa,
u shunday bir elchi kabidirki, u
podshohning huzuriga qilgan xatosiga, adashganiga uzr aytish uchun keladi. Eshikka
yetib kelib turadi.
Podshoh unga qarasa, elchi o‘ngga-chapga qaraydi. Shuning uchun
podshoh uning hojatini bajarmaydi, unga e’tiboriga munosib muomala qiladi.
Namoz
ham shu kabidir, bas, namozni unutsa, undan qabul qilinmaydi.
Namozning misoli podshohning to‘yiga o‘xshaydi. Undagi
dasturxon turli taom va
ichimliklardan tayyorlangan. Har birining o‘ziga xos lazzati, manfaati bor. Namoz ham
shunga o‘xshash: Alloh bandalarini namozga chaqiradi va unda xilma-xil af’ol-zikrlarni
tayyorlaydi va ibodatga buyuradi. U af’ol va zikrlar bilan ibodat
qilish har qanday suratda
ularga lazzat beradi. Bas, af’ollari taom, zikrlari ichimlik kabidir.
Aytilishicha, namozda o‘n ikki ming xislat bor. Bu o‘n ikki ming xislat o‘n ikki ishga jam
qilingan. Kim namozni ado etishni xohlasa, bu o‘n ikki ishni mahkam tutmog‘i lozim.
Birinchisi, ilm.
381. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Ilm
bilan qilingan ozgina amal
bilmasdan qilingan ko‘p amaldan yaxshidir".
Ikkinchisi, tahorat.
382. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam so‘zlariga ko‘ra, "Namoz faqat tahorat bilan
barpo bo‘ladi".
Uchinchisi, kiyim. Alloh taolo aytadi:
Dostları ilə paylaş: