Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


"Ey odam farzandlari, har bir sajda chog‘ida ziynatlaningiz"



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

"Ey odam farzandlari, har bir sajda chog‘ida ziynatlaningiz"
(A’rof, 31), ya’ni, har 
bir namozda kiyimlaringizni kiyingizlar.
To‘rtinchisi, vaqtini ushlash. Alloh taoloning so‘zi:
"Albatta, namoz mo‘minlarga vaqti tayinlangan farz bo‘ldi"
(Niso, 103). 
Beshinchisi, qiblaga yuzlanish. Alloh taolo aytadi:
"Qaysi tarafdan chiqsangiz, yuzingizni Masjid-ul-harom tomonga buring va 
qaerda bo‘lsangizlar (ey mo‘minlar), yuzlaringizni o‘sha tomonga buring"
(Baqara, 150). 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
173
Oltinchisi, niyat. 
383. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Hamma amallar niyatga ko‘ra, 
har bir kishi niyatiga qarab oladi". 
Yettinchisi, takbir. 
384. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Namozda boshqa amallarni 
harom qiluvchi – takbir va halol qiluvchi – salom berish".
Sakkizinchisi, qiyom. Alloh taoloning so‘zi:
Alloh uchun bo‘yinsungan holda turinglar"
(Baqara, 238). Ya’ni, Alloh uchun turib 
namoz o‘qinglar. 
To‘qqizinchisi, qiroat. Alloh taolo aytadi:
"Qur’ondan muyassar bo‘lgan miqdorda o‘qinglar"
(Muzammil, 20). 
O‘ninchisi, ruku’. Alloh taolo aytadi:
"Va ruku’ qilinglar"
(Baqara, 43). 
O‘n birinchisi, sajda. 
"Va sajda qilinglar"
(Haj, 77). 
O‘n ikkinchisi, oxirgi qa’da. 
385. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Kishi oxirgi sajdadan boshini 
ko‘tarib tashahhud miqdorida o‘tirsa, uning namozi to‘kis bo‘libdi". 
Qachon mana shu o‘n ikki ish topilsa, endi ularning to‘kis bo‘lishi uchun ixlosga muhtoj 
bo‘ladi. Chunki Alloh taolo: 
"Allohga u zot uchun dinni xolis qilgan holingizda duo qilingizlar!" 
(Fofir, 14) deb 
aytgan. 
Bu xususdagi ilm uch turlidir: 
– sunnatdan farzni ajrata bilmoq, chunki namoz ana shu bilim bilan joiz bo‘ladi; 
– tahoratdagi farz va sunnat amallarini bilmoq, bu bilish namozning tom bo‘lishi 
sabablaridandir; 
– shaytonning hiylasini bilmoq va unga qarshi urishishga ahd qilmoq. 
Tahoratning to‘kisligi uch narsa bilan: 
– qalbni adovat, hasad va aldovdan pok qilish
– badanni gunohlardan poklash; 
– a’zolarni isrofsiz, mukammal yuvish. 
Libosning to‘kisligi ham uch narsa bilan: 
– uning asli halol bo‘lmog‘i; 
– najosatdan pok bo‘lmog‘i; 
– sunnatga muvofiq bo‘lib, faxr va takabburlik bilan kiyilmasligi. 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin