Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə319/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
286
725. Maoz ibn Jabal (Alloh u zotdan rozi bo‘lsin): “Menga Rasulullohning (s.a.v.) oxirgi 
vasiyatlari oyog‘imni otning uzangisiga qo‘yayotganimda aytgan gaplaridir”, deb ushbu 
hadisni rivoyat qildilar: “Odamlar bilan (muomalada) xulqingni chiroyli qil, ey Maoz ibn 
Jabal”. 
726. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Nabiy (s.a.v.) aytadilar: “Yaxshi xulq 
kishining burnidagi Allohning rahmatidan bo‘lgan jilovdir. Jilov esa, farishtaning qo‘lida, 
uni yaxshilikka yetaklaydi, yaxshilik o‘z navbatida jannatga boshlaydi. yomon xulq esa
Allohning azobidan bo‘lgan jilovdir. Jilov shaytonning qo‘lida. Shayton uni yomonlikka 
boshlaydi, yomonlik do‘zaxga qarab tortadi”.
727. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) rivoyat qiladilar. Nabiy (s.a.v.) aytdilarki: “Albatta, bu 
dinni nafsim uchun qabul qildim. U ikki narsa bilan to‘g‘ri bo‘ladi: saxiylik va yaxshi xulq. 
Dinni u ikki sifat bilan qodir bo‘lganingizcha mukarram qilinglar”. 
Aytiladiki, agar kishi mehmon chaqirsa, uy egasiga ham, mehmonga ham uchtadan 
narsa vojib bo‘ladi. Uy egasiga vojib bo‘ladigani quyidagilar: mehmonni toqati 
yetmaydigan narsaga taklif qilmaslik va mehmondorchilikni sunnatdan oshirib 
yubormaslik, mehmonga faqat haloldan taom qo‘yish, mehmonga namoz vaqtlarini 
eslatib turish. Mehmon uchun vojib narsalar: ko‘rsatilgan joyga o‘tirish, keltirilgan 
taomga rozi bo‘lish, chiqayotganda uy ahlining barakoti uchun duo qilish. 
728. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Kim molining zakotini ado qilsa, mehmon kutsa va 
musibat vaqtida qavmiga saxovat qilsa, nafsini baxillikdan saqlabdi”. 
_______________ 
Taom berish va husni xulq fazilati bobi hadislari
717-hadis. Sanadida zaiflik, uzilish bor. 
718-hadis. Muttafiqun alayh. 
719-hadis. Hasan. Ahmad, Termiziy, Ibn Mojjalar rivoyat qilgan. 
720-hadis. Hasan. Ibn Mojja, Abu Na’im, Hokim rivoyat qilgan. “As-sahiha”ga qarang. 
721-hadis. Juda zaif. Abu Ya’lo, Bazzor, Abu Na’im, Hokim, Asbahoniy rivoyat qilgan. 
722-hadis. Sahih. Muslim, Termiziy, Ahmad rivoyat qilgan. 
723-hadis. Zaif. Ahmad, Ibn Hibbon, Hokim, Bayhaqiy, Qazoiy rivoyat qilgan. 
724-hadis. Sahih. Ahmad, Bayhaqiy rivoyat qilgan. “As-sahiha”ga qarang. 
725-hadis. Sahih. Molik, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 
726-hadis. Bayhaqiy rivoyat qilgan. 
727-hadis. Zaif. Tabaroniy rivoyat qligna. 
728-hadis. Abu Ya’lo, Tabaroniy rivoyat qilgan.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin