www.ziyouz.com kutubxonasi
283
(r.a.) uni qaerdan topganini so‘rab bilmagunlaricha yemas edilar. Bir kuni xizmatkor bir
joydan ovqat olib keldi. U zot odatlariga qarshi taomni surishtirmasdan turib, bir luqma
oldilar. G‘ulom: “Har kuni mendan so‘rar edingiz, bu safar so‘ramadingiz”, dedi. Abu
Bakr (r.a.) shunda aytdilar: “Sening holingga voy. Meni ochlik chalg‘itdi. Endi xabar
ber-chi, bu taomni qaerdan keltirding?”Xizmatkor: “Men johiliyat davrida bir necha
kishilarni dam solib davolagan edim. Ular menga ish haqimni berishni va’da qilgan
edilar. Bugun ularning uylariga borib, o‘sha va’dalarini eslatdim. Ular mana shu taomni
berishdi”, dedi. Abu Bakr (r.a.) shu zahoti qo‘llaridagi taomni tashladilar va qayt qila
boshladilar. Qiynalib bo‘lsa-da, o‘sha yutganlari birgina luqmani chiqarib tashlashga
harakat qildilar. Ammo unga erisha olmadilar. Hatto ko‘karib, qorayib ketdilar. So‘ngra
harakat qilib, yana qodir bo‘lmadilar. Shu yerda ahvolni ko‘rib turgan kishilar: “Ustidan
bir kosa suv iching”, deyishdi. So‘ng u kishiga bir idishda suv olib kelishdi. Abu Bakr
Siddiq (r.a.) suvni ichib, keyin qayt qildilar. Yeganlarining barchasini chiqarib
tashlamagunlaricha to‘xtamadilar. Odamlar: “Bir luqma uchun shuncha azobmi?”
deyishdi. Shunda u zot (r.a.) aytdilar: “Payg‘ambarning (s.a.v.): “Alloh taolo harom
narsalar bilan ozuqlangan har bir jasadni jannatdan mahrum qiladi”, deb aytganlarini
eshitganman”, dedilar”.
Faqih aytadilar: “Kim kasbini yaxshi qilishni istasa, beshta narsani o‘zida saqlasin: kasbi
tufayli Allohning farzini orqaga surmaslik va kamaytirmaslik, kasbi tufayli Allohning
bironta maxluqiga ozor bermaslik, kasbi bilan oilasining iffatini saqlashni niyat qilish va
uni mol-dunyo jam qilishga, ko‘paytirishga vosita etmaslik, nafsini kasbi sababidan juda
qiynab yubormaslik, rizqini kasbidan emas, balki Allohdan bilib, kasbini sabab ko‘rish”.
712. Payg‘ambarimizning (s.a.v.) shunday deganlari rivoyat qilingan: “Kim mol-dunyoni
gunoh yo‘llar bilan topsa, so‘ngra undan sadaqa qilsa yo u bilan qarindoshchilikni
bog‘lasa yoki Alloh yo‘lida ishlatsa, qilganlarining hammasi jamlanib, do‘zaxga
tashlanadi”.
Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar: “Alloh taolo ribo,
poraxo‘rlik, xiyonat, g‘ulul yoki o‘g‘irlik orqasidan haj qilgan kishining haj va umrasini,
jihodini, sadaqasini, qul ozod qilishini va nafaqasini qabul qilmaydi”. Keyin: “Besh narsa
besh narsa bilandir”, deb qo‘ydilar.
713. Ibn Mas’ud (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.): “Agar banda haloldan kasb
qilib, undan sadaqa va infoq qilsa, ajr va barakotga erishadi. Ammo haromdan mol
topib, bu ishlarni (sadaqa, infoq) qilsa yoki uni (topganini) ortidagilarga qoldirsa, unga
faqatgina do‘zax olovi ziyoda bo‘ladi. Albatta, Alloh taolo yomonlikni yomonlik bilan
emas, yaxshilik bilan o‘chiradi”.
714. Hasan Basriydan (Alloh rahmat qilsin) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.)
aytadilar: “Albatta, haqiqiy mol narsalarni tashib keltirib sotganning molidir.
Tijoratchilaringizning yomoni oralaringizda muqim turib, (ya’ni, safar qilmay) sizlar bilan
talashib-tortishadiganlaridir”.
715. Payg‘ambar (s.a.v.) yaxshi kasb to‘g‘risida so‘ralganlarida shunday deganlar:
“Kishining o‘z qo‘li bilan qilgan mehnati va har bir mabrur savdo», ya’ni, shubha va
xiyonat bo‘lmagan savdo.
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
284
716. Qatoda (Alloh u zotdan rozi bo‘lsin): “Aytishlaricha, rostgo‘y tijoratchi qiyomat
kunida arshning soyasi ostida bo‘ladi”, dedilar.
________________