Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
279
to‘qqiztasi sukut qilishda va bittasi odamlardan qochishda. Ibodatlar o‘n bo‘lakdir:
to‘qqiztasi tirikchilik talabida va bittasi ibodatdadir”.
697. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kimda
kim tilanchilik eshigini o‘ziga ochsa, Alloh unga faqirlik eshigini ochib qo‘yadi. Kim o‘zini
undan tiysa, Alloh ham uni saqlaydi. Kim behojat bo‘lishni so‘rasa, Alloh uni behojat
qiladi. Sizlarning biringiz arqon olib, vodiyga chiqib, u yerdan o‘tin terib bozorga keltirib,
bir mud xurmoga sotsa, o‘sha ishi odamlar beradigan yoki bermaydigan sadaqani
so‘rashidan yaxshidir”.
698. Nabiyning (s.a.v.) bunday deganlari rivoyat qilinadi: “Gazlama savdosi bilan
shug‘ullaninglar. Chunki bobolaringiz Ibrohim (alayhissalom) bazzoz (gazlama
savdogari) edilar”.
699. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot: «Zakariyo
(alayhissolatu vassalom) duradgor edi», deb xabar berganlar.
Oisha onamizning bunday deganlari rivoyat qilinadi: “Sulaymon (alayhissalom)
odamlarga minbarda xutba qilayotganlarida, qo‘llarida palma daraxtining novdalari bo‘lar
edi, undan savat yoki shunga o‘xshagan biron narsa yasab turardilar. Agar to‘qib
bo‘lsalar, bir kishiga berib: “Bozorga olib borib sot”, derdilar.
Shaqiq ibn Ibrohim aytdilar: Alloh taoloning:
“Agar Alloh (barcha) bandalarining rizqlarini mo‘l-ko‘l qilsa, albatta, ular yer
Dostları ilə paylaş: