www.ziyouz.com kutubxonasi
281
qora dog‘ bo‘ladigan, uni faqat olov o‘chiradigan tilanchilikdan yaxshi emasmi?”
Hakimlarning ba’zilari shunday deydilar: “Oqil kishi besh narsasi bo‘lmagan shaharga
tushmaydi: qat’iyatli sulton, odil qozi, muqim bozor, oqar daryo, mohir tabib”.
Hakimlarning biridan: “Kasblarning yaxshisi nima?” deb so‘rashdi. U kishi shunday deb
javob qildi: “Dunyo kasblarining yaxshisi ehtiyojni qondirish uchun haloldan talab
qilingani, uning bilan ibodat hozirligi ko‘rilgani va ortiqchasi qiyomat kuniga zaxira qilib
qo‘yilgani. Oxirat kasblarining yaxshisi esa, amal qilinadigan ilmni tarqatish, solih
amallar qilish va yaxshi odatni joriy etish”. Keyin: “Kasblarning yomoni nima?” deb
so‘rashdi. “Dunyo kasblarining yomoni haromdan mol to‘plash va uni gunoh ishlarga
sarflash hamda Parvardigoriga itoat qilmaydigan kishiga ergashish. Oxirat kasblarining
yomoni esa, hasad qilib, haqni inkor etish, qasddan ma’siyat qilish va adovatli yoki
zulmkor yomon odatni joriy etish”, deb javob qildi.
_____________________
Kasb qilish fazilati bobi hadislari 696-hadis. Zaif. Abu Na’im, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
697-hadis. Hasan. Ahmad, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
698-hadis. Isnodi noma’lum.
699-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan.
700-hadis. Sahih. Muslim va Ahmad rivoyat qilgan.
701-hadis. Bazzor rivoyat qilgan va roviylarini ishonchli, degan.
702-hadis. Mursal.
703-hadis. Tabaroniy rivoyat qilgan. Xaysamiy roviylarini sahih, degan.
704-hadis. Zaif. Tabaroniy rivoyat qilgan.
705-hadis. Isnodi zaif. Tabaroniy rivoyat qilgan.
706-hadis. Zaif. Abu Dovud, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
OLTMISH IKKINCHI BOB KASB OFATI VA HAROMDAN HAZAR QILISH 707. Faqih Abu Lays Samarqandiy Qatodaning (r.a.) bunday deganlarini rivoyat
qiladilar: “Bizlarga Payg‘ambar (s.a.v.): “Agar xohlasanglar, qasam ichamanki,
savdogar fojirdir”, deb aytdilar».
708. Yana Qatodadan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kunduzni qasam
ichib o‘tkazib, kechasi uni hisob-kitob qiladigan savdogardan ajablanaman”.
Ahli ilmlarning aytishlaricha, din va dunyo to‘rt narsa bilan qoyim bo‘ladi: olimlar,
amirlar, askarlar va kasb egalari.
Faqih aytadilar: “Bu gapni bir zohid tafsir qilgan. Amirlar xalqning tartibini saqlashadi.
Olimlar payg‘ambarlarning merosxo‘rlari. Ular xalqqa oxiratni anglatib turishadi va
odamlar ularga ergashadi. Qurolli askarlar – Allohning askarlari. Ular musulmonlarning
tinchligini saqlash uchun kerak. Ammo cho‘pon bo‘riga aylansa, podani kim boqadi, kim
saqlaydi?! Olimlar ilmni tashlab, dunyo bilan shug‘ullanib ketishsa, xalq kimga
ergashadi?! Askarlar yuqori mansabga intilsa va tama’ uchun chiqsa, xalqni dushmandan
qanday himoya qiladi?! Kasb egalari xiyonat qilsalar, odamlar ulardan qanday omonlik
topishadi?!”
Hakimlardan biri dedi: “Agar savdogarda uch xislat bo‘lmasa, ikki dunyoda kambag‘al
bo‘lib qoladi: tili uch narsadan – yolg‘ondan, ortiqcha so‘zdan va qasam ichishdan
saqlanmasa, qalbi uch narsadan – ko‘z bo‘yamachilikdan, xiyonat qilishdan va hasaddan
pok bo‘lmasa, o‘zida uch narsani – juma va jamoat namozlarini, ilm uchun vaqt
ajratishni va Alloh taolo roziligini har narsadan ustun qo‘ymasa”.
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy