Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə380/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
346
Aytishlaricha, kishilar uch xil tong ottiradi: bir xili mol talabida, bir xili gunoh talabida va 
bir xili yo‘l talabida. Mol talabida tong ottirganlar Alloh taolo rizq qilib berganidan ortiq 
yeya olmaydilar, garchi mol ko‘p bo‘lsa ham. Gunoh talabida tong ottirganlarga xorlik va 
gunoh yopishadi. Kim yo‘l talabida tong ottirsa, Alloh taolo rizqni ham, yo‘lni ham 
beradi”. 
Yana bir hakim zot aytadi: “Kim tong ottirsa, unga ikki ish lozim bo‘ladi: qo‘rqinch va 
tinchlik. Tinchlik – Alloh u uchun belgilagan rizq masalasida xotirjam bo‘lmog‘i, qo‘rqinch 
esa, unga buyurilgan ishni tugatguncha qo‘rqinch holatda turmog‘i. Agar bu ikki ishni 
qilsa, Alloh taolo ikki narsa bilan ikrom qiladi: qanoat va ibodatning halovati”. 
Robi’ ibn Husaymdan: “Qanday tong ottirdingiz?” deb so‘ralsa, gunohkor, zaif holda tong 
ottirdik. Rizqimizni yeyapmiz va ajallarimizni kutayapmiz”, der ekanlar. 
Malik ibn Dinordan ham: “Qanday tong ottirdingiz?” deb so‘rashdi. Aytdilar: “Uydan 
uyga otlanuvchi qanday tong ottirardi. Uning ustiga jannatga boradimi yoki do‘zaxga, 
bilmaydi”. 
Zikr qilinishicha, Iso ibn Maryamga ham: “Qanday tong ottrirdingiz, Ey Ruhulloh, deb 
savol qilingan. U kishi shunda: “Umid qilgan narsamga ega bo‘lolmay, qo‘rqqan 
narsamni daf etolmay, amalim bilan majburiyat olgan holda tong ottirdim. Yaxshilik 
mendan boshqaning qo‘lida. Mendan kambag‘alroq inson yo‘q”, deb javob qilgan 
ekanlar. 
Omir ibn Qaysga shu savol berilganida, u zot: “Tong ottirdim. Nafsim gunohlarimni 
ziyoda qildi. Alloh taolo esa ne’matlarini ziyoda etdi. Ibodatlarim gunohlarimni tozalovchi 
bo‘la oladimi, yoki Alloh ne’matlari uchun shukr bo‘ladimi, bilmayman”, deganlar. 
Muhammad ibn Sirin bir odamdan hol so‘rabdilar. U: “Besh yuz dirham qarzi bo‘lgan, 
ko‘p bolali odamning holi qanday bo‘lishi mumkin?” debdi. Ibn Sirin uyiga kirib, ming 
dirham olib chiqib unga beribdilar va: “Besh yuz dirham bilan qarzingni uz, besh yuzini 
oilangga ishlat”, debdilar. Shundan keyin Ibn Sirin biron kishidan ahvol so‘ramadilar. 
Agar holati yomon bo‘lsa, uning ishini bitirib berishlari vojib bo‘lib qolishidan qo‘rqar 
edilar. 
Ibrohim Adhamdan zikr qilinadi. U kishi aytadilar: “Kim sog‘-salomat tong ottirsa, to‘rt 
narsaga shukr qilsin: 
1) qalbini hidoyat nuri bilan nurlantirgan va mo‘minlardan qilgan ulug‘ Zotga shukr 
aytmog‘i; 
2) hidoyat nuri bilan qalbini nurlantirgan, adashganlardan qilmagan Zotga hamdlar 
aytmog‘i;
3) rizqini boshqaning qo‘lida qilmagan Zotga hamd aytmog‘i; 
4) ayblarini yopgan Zotga hamd aytmog‘i” 
Shaqiq ibn Ibrohim aytadilar: “Agar kishi ikki yuz yil yashasa va ushbu to‘rt narsani 
bilmasa, u do‘zaxdan boshqa narsaga haqli emas: 
1) Allohni bilmog‘i, tanimog‘i; 
2) Allohning amalini bilmog‘i; 
3) nafsini bilmog‘i; 
4) Alloh bilan nafsining dushmanini bilmog‘i. 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
347
Allohni bilmog‘i – Uni oshkora va yashirin hollarda tanimog‘i. Chunki Undan boshqa 
beruvchi va man’ qiluvchi yo‘qdir. 
Alloh amalini bilish – Alloh taolo ixlos bi lan qilingan amalnigina qabul etishini bilishdir. 
Nafsini bilish – o‘zinining zaifligini, Alloh taolo unga hukm qilgan narsani qaytarishga 
qodir emasligi bilish. Ya’ni, Alloh qilgan taqsimga rozi bo‘lish. 
Allohning va o‘zining dushmanini bilish – uni zimdan bilishi, toki yakson qilguncha 
ma’rifat bilan jazolashidir”. 
Aytishlaricha, Odam farzandi tong ottirsa, Alloh unga o‘nta narsani farz qiladi: 
1) turgan vaqtida Allohni zikr qilish. Bu ish Allohning so‘ziga muvofiqdir: 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin