Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu
Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
354
keltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan biron jonga (endi keltirgan)
iymoni foyda bermas. Ayting: “Kutaveringlar. Biz ham kutguvchilarmiz!”
(An’om, 158-oyat).
929. Ubayd ibn Umayr rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Dajjolni qavmlar
do‘st tutishadi, holbuki, ular: “Uning yolg‘onchiligini bilamiz. Lekin
biz taom va
daraxtlarning mevalaridan yeyish uchun unga do‘st bo‘lamiz”, deyishadi. Qachon
Allohning g‘azabi tushsa, hammalariga birday tushadi”.
930. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Dajjol aniq chiqadi. Uning chap ko‘zi ko‘r. U soqov,
peslarni davolaydi. O‘liklarni tiriltiradi. Odamlarga: “Men rabbingizman”, deydi.
Kim uni
rabbim desa, fitnalanibdi. Kim rabbim Alloh, deb, keyin shu holda o‘lsa, Dajjolning
fitnasidan saqlanibdi. U yer yuzida Alloh xohlaganicha turadi.
Keyin Iso ibn Maryam
(alayhissalom) mag‘rib tomondan Muhammadni (s.a.v.) tasdiqlagan holatda keladi.
So‘ngra Dajjolni o‘ldiradi va: “Bu kun qiyomat kunidir”, deydi”.
Abdulloh ibn Umar aytadilar: “Qiyomat ahli bayt bir idishda jam bo‘lmaguncha qoim
bo‘lmaydi. Ular kofirlarni ham, mo‘minlarni ham biladi”. U kishidan: “Bu
ish qanday
bo‘ladi?” deb so‘rashdi. Aytdilar: “Yer hayvoni chiqadi. U har bir insonning sajda
qiladigan a’zolarini silaydi. Ammo mo‘min bo‘lsa, nuqtasi oq bo‘lib, yuziga
yoyiladi, uning
yuzi oqarib ketadi. Agar kofir bo‘lsa, uning nuqtasi qora bo‘lib, yuzi qorayib ketadi. “Ey
mo‘min, buni qanday sotasan? Ey kofir buni qanday olasan?”
deb aytishadi, ammo bir-
biriga javob qaytarishmaydi”.
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: “Yer hayvonining
yumshoq-qattiq patlari bor, to‘rt oyog‘i bor.
U Tuhoma tog‘larining vodiylaridan chiqadi”.
Ibn Umar (r.a.) Alloh taoloning:
Dostları ilə paylaş: