Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu
Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
355
bo‘lgan bo‘ladi. Osmonning o‘rtasiga kelgandan keyin ortiga
qaytadi va mashriqdan
chiqadi. Bu haqda Alloh taoloning:
“Pavardigoringizning ayrim oyatlari keladigan kunda...”
(An’om, 158-oyat) degan
so‘zi bor.
933. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Payg‘ambarlar
onalari boshqa-boshqa bo‘lgan og‘a-inilardir. Dinlari bir xil. Ularning oralarda Iso ibn
Maryamga eng yaqini menman. U bilan mening oramda payg‘ambar yo‘q. U ummatim
ichida mening xalifamdir. U aniq tushadi, to‘ng‘izni o‘ldiradi, xochni sindiradi, jizyani
bekor qiladi, yomonlik urushlarini to‘xtatadi, yer bir paytlar jabr-zulmga to‘lgani kabi
yaxshilik va adolatga to‘lib ketadi,
hatto sher tuya bilan, yo‘lbars sigir bilan, bo‘ri qo‘ylar
bilan o‘tlab yuradi, kichkina bolalar ilonlar bilan o‘ynaydi”.
Abdulloh ibn Umar aytadilar: “Iso (alayhissalom) tushganlarida, Dajjol u kishini ko‘rib,
yog‘ erigandek erib ketadi. So‘ngra Dajjolni o‘ldiriladi. Undan yahudlar ajralib qoladi,
so‘ng ular bilan ham urush bo‘ladi. Hattoki toshlar: “Ey Allohning musulmon bandasi,
ortimda
yahudiy bor, kelib uni o‘ldir”, deydi”.
934. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Albatta, Ya’juj
va Ma’juj har kuni o‘ra kovlab, quyosh nurlarni ko‘rishga yaqinlashib qolishganida,
ularning ustidagilar: “Qaytinglar, ertaga kovlaysizlar”, deydi. Alloh uni asl holiga
qaytarib qo‘yadi. Vaqti kelganida yana kavlashadi va quyosh nurlari ko‘rinay deb
qolganida, ularga boshliqlari aytadi: “Qaytinglar, Xudo hohlasa, ertaga kavlaysizlar”.
Ular kelishganida, kecha qoldirib ketilgan holatlarida turgan bo‘ladi.
Uni kavlaydilar va
insonlar ustiga yopirilib, suvlarini quritadilar. Odamlar ulardan qochib, qo‘rg‘onlariga
berkinib olishadi. Alloh ularning bo‘yniga qurt yuborib, halok qiladi”.
Abu Said Xudriy (r.a.) aytadilar: “Ya’juj-Ma’juj chiqqanidan keyin yana daraxtlar ekilib,
Baytullohga haj qilinadi”.
Abdulloh ibn Salom (r.a.) aytadilar: “Ya’juj-Ma’jujdan birontasi o‘lsa,
orqasida mingdan
ortiq bolasi qoladi”.
935. Hasan Basriy (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qiyomat
boshlanishi oldida fitnalar qorong‘i kechaning bo‘lagidek bosadi. U vaqtda badan o‘lgani
kabi kishining qalbi ham o‘ladi. O‘shanda kishi mo‘min bo‘lib tong ottirsa, kofir bo‘lib
kech qiladi. Mo‘min bo‘lib kech kirgizsa, kofir bo‘lib tong ottiradi. U vaqtda qavmlar
dinlarini dunyoning ozgina matosiga sotib yuborishadi”.
936. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qiyomatning
olti alomati paydo bo‘lmasdan, yaxshi amallarga shoshilinglar. U shartlar quyoshning
g‘arbdan
chiqishi, Dajjol, tutun va yer hayvoni, har biringizga o‘lim kelishi va qiyomat
kuni”.
937. Abdurahmon ibn Sobitdan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v) aytdilar: “Yaqinda
sizlarga oyning tutilishi, ko‘p narsaning izdan chiqishi, pok insonlarga
tuhmat qilish zohir
bo‘ladi. “Ey Allohning elchisi, ular la-a ilaha illalloh, deb guvohlik beradilar-ku?”,
deyishdi. “Ha, ammo ularda to‘rtta narsa – qo‘shiqchilar, musiqa asboblari, aroq ichish