www.ziyouz.com kutubxonasi
351
kuchaytiradi, g‘azabni ziyodalashtiradi; ko‘p umr ko‘rish haqida fikr qilinmaydi. Chunki u
o‘limni unuttiradi, boylik to‘plashni sevdiradi, amal qilishni ortga surdiradi”.
Aytishlaricha, taqvoning asosi bema’ni narsalar haqidi fikrlamaslikka qalbida ahd
qilmoqdir. Har safar qalbga bema’ni o‘ylar kelganida, uni haydab, ma’noli narsalarni fikr
qilish lozim. Bu ish jihodning asli va mashaqqatlisidir.
Hakimlarning ba’zilari aytadi: “Ibodatning mukammal bo‘lishi, niyatning to‘g‘riligiga
bog‘liq, solih amalning to‘kis bajarilishi esa, tavoze’ga. Bu ikkalasining kamoloti
dunyodan zuhd qilishdadir. Ularning kamoloti oxirat ishiga qayg‘urish va xafa bo‘lish
dadir. Qayg‘urish va xafalikning mukammal bo‘lishi doimo o‘limni eslash va gunohlar
to‘g‘risida ko‘p tafakkur qilishdadir”.
Aytilishicha, abdollarning (evaz oluvchilarning) axloqlari o‘nta: qalbning salomatligi,
moldagi saxovat, tilning rostgo‘yligi, nafsning tavoze’ligi va qiyinchilikka sabr etish, xoli
qolib yig‘lash, odamlarga nasihat qilish, mo‘minlarga marhamatli bo‘lish, o‘lim to‘g‘risida
fikrlash va narsalardan ibrat olish.
Mahkul Shomiy (r.a.) aytadilar: “Kim to‘shagiga yotmoqchi bo‘lsa, avval shu kunda
qilgan ishlarini fikrlashi lozim. Agar yaxshi amal qilgan bo‘lsa, unga qodir qilgan Allohga
hamd aytadi. Agar gunoh amal qilgan bo‘lsa, istig‘for aytib, yaxshilikka qaytadi. Agar
shunday qilmasa, molini hisob-kitobsiz sochaverib, so‘ng singanini sezmay qolgan
savdogar kabi bo‘lib qoladi”.
Ba’zi hakimlar aytadi: “Hikmat to‘rt narsa sababli kuchayadi:
1) badan dunyo ishlaridan ozod bo‘lganida;
2) qorin harom taomdan xoli bo‘lganida;
3) dunyo qo‘l matolaridan bo‘shaganida;
4) ishlarining oqibati haqida fikr qilganda. Chunki hech kim ishining oqibati nima
bo‘lishini, amallari qabul qilinadimi yoki yo‘qmi, bilmaydi. Holbuki, Alloh taolo faqat
amallarning yaxshisini qabul qiladi”.
925. Faqih aytadilar: “Olimlar jamoasidan ushbu hadisni eshitdim. Maoz ibn Jabalga:
“Har kuni eslab turadigan hadisingizni aytib bering”, deyishdi. Maoz (r.a.) yig‘ladilar,
hatto to‘xtamaydi, deb o‘ylashdi. Keyin aytdilar: “Ota-onam Rasulullohga (s.a.v.) fido
bo‘lsin. Men u zot bilan birga ulovga mingashib olgan edim. Boshlarini shunda osmonga
ko‘tarib: “ Maxluqotlariga yaxshi ko‘rgani bilan hukm qiladigan Zotga hamd bo‘lsin”,
dedilar. So‘ng: “Ey Maoz!” deb chaqirdilar. “Labbay, ey Allohning elchisi,
payg‘ambarlarning sayyidi”, dedim. So‘ng yana: “Ey Maoz!” dedilar. Men: “Labbay,
Allohning elchisi, yaxshilik imomi va rahmat payg‘ambari”, deb javob berdim. “Senga
hech bir payg‘ambar ummatiga aytmagan hadisni aytaman, agar yod olsang, senga
foyda keltiradi. Agar yodlamay, faqat eshitsang, Alloh huzurida hujjating kesiladi. Alloh
taolo osmonlarni yaratmasidan oldin, yetti farishtani yaratdi. Har bir osmonda bir
farishta, har bir eshikda bir darvozabon bor edi. Kotib farishtalar bandaning ertalabdan
kechgacha qilgan amallarini yozadi. So‘ng kech bo‘lgach, ko‘tariladi. Dunyo osmoniga
yeganida, uni poklaydi va ko‘paytiradi. Shu yerda boshqa farishta aytadi: “To‘xta, bu
amali bilan egasining yuziga ur va Alloh seni kechirmadi, deb ayt. Men g‘iybat egasiman,
u musulmonlarni g‘iybat qilardi. Uning amali mendan yuqoriga oshib o‘tishiga yo‘l
qo‘ymayman”.
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy