www.ziyouz.com kutubxonasi
359
esladim”, dedilar. “Xo‘sh, nima degan eding?” “Payg‘ambarning (s.a.v.): “Menga
sevimliroqlaringiz va yaqinroqlaringiz menga uchraguncha menga qoldirgan ahdni
olganlaringizdir. Darhaqiqat, sizlar dunyoda mendan boshqa hamma narsani topasizlar”,
degan hadislarini aytgan edim”, dedilar Abu Zarr. Usmon (r.a.): “Muoviyaning oldiga
bor”, deb u kishini Shomga jo‘natdilar. Shomga kelganlaridan keyin Abu Zarr odamlarga
din ishlarini o‘rgata boshladilar. O‘quvchilarning ko‘zlaridan yoshlar chiqar, qalblarini
mahzunlik olar edi. U kishi aytardilarki: “Sizlardan birontalaringiz uyida dinor yoki
dirham bo‘laturib uxlamasin, agar bo‘lsa, Alloh yo‘lida nafaqa qilsin va qarzdorlarga
bersin”. Muoviya ham, odamlar ham yig‘lar edi. Keyin Muoviya (r.a.) u kishining o‘zlari
so‘zlariga amal qilish-qilmasliklarini bilish uchun ming dinor jo‘natdilar. Abu Zarr pulning
hammasini odamlarga taqsimlab berib, o‘zlariga hech narsa qoldirmadilar.
Ikkinchi kuni Muoviya (r.a.) elchisini chaqirib: “Abu Zarrga bor-da, kechagi ming dinor
boshqaga berilishi kerak ekan. Men adashib sizga beribman, deb ayt”, dedilar. Elchi
kelib: “Muoviyaning jazosidan meni qutqaring. Men sizga bergan ming dinor boshqaniki
ekan, xato qilib sizga berib qo‘yibman”, dedi. Abu Zarr aytdilar: “Muoviyaga mendan
salom ayt va unga yuborgan dinoridan hech narsa qolmaganini bildir. Agar xohlasa, uch
kun kutsin, to‘plab beramiz”. Muoviya u kishining so‘zi bilan ishi bir ekanini bildilar va
Usmonga (r.a.) xat yozib: “Hojatingiz bo‘lsa, Abu Zarrni chaqirib oling”, dedilar. Usmon
(r.a.) javob xatida: “Abu Zarrni mening oldimga yubor”, deb yozdilar. Abu Zarr (r.a.)
qaytib kelganlarida Usmon (r.a.) masjidda edilar. Oldlariga borib, salom berdilar. U zot
alik oldilar va: “Ahvoling qalay, ey Abu Zarr?” deb so‘radilar. “Yaxshi. O‘zingiz qalaysiz?”
dedilar Abu Zarr. So‘ng Usmon (r.a.) chiqib ketdilar. Abu Zarr qiroat qiladigan joyga
chiqib, ikki rak’at nkamoz o‘qidilar. Keyin o‘tirdilar. Odamlar ham u kishining oldiga
o‘tirishdi. Ular: “Ey Abu Zarr, Payg‘ambardan (s.a.v.) hadis aytib bering”, deyishdi.
“Menga habibim aytdilar: “Tuyada sadaqa bor, ekinda sadaqa bor, dirhamda sadaqa bor,
qo‘yda sadaqa bor. Kim uyida dirham va dinorlari bo‘lib, qarzdorlarga bermasdan yoki
Alloh yo‘lida infoq qilmasdan uxlasa, u xazina bilan qiyomat kunida yondiriladi”.
Odamlar: “Ey Abu Zarr, Allohdan qo‘rqing, nima deb aytayotganingizga qarang, bu
mollar odamlarda yoyilib ketgan-ku”, deyishdi. Abu Zarr aytdilar: “Qur’onning