Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
361
948. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qilinadi: “Kim Alloh uchun ibodatni xolis qilsa,
qalbidan tiliga hikmatlar oqadi”.
Aytishlaricha, uch nafar kishi o‘zlariga nisbatan odamlarda nafrat uyg‘otadi, g‘azabni
vojib qiladi va qurgan narsalarini buzadi. Ular: odamlarning ayblari bilan
shug‘ullanuvchi; o‘z nafsiga mag‘rurlanuvchi; amali bilan riyo qiluvchi. Uch nafar kishi
qalblarda muhabbat ekib, salomatlik va osmon ahlidan darajalarni meros qilib oladilar.
Ular: yaxshi xulq egasi; amalida ixlos qiluvchi; mutavoze’.
Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: “Hisob-kitob qilinmasingizdan
oldin o‘zlaringizni sarhisob qilinglar. Zero, shu ish (qiyomatda) hisob berishingizni oson
va yengil qiladi. Amallaringizni o‘lchab ko‘ringlar. Katta namoyish uchun tayyorlaninglar.
Dostları ilə paylaş: