Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə402/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
366
vasvasachi (shayton)ning yomonligidan panoh berishini so‘rab iltijo qilurman”
(Nos surasi), degan oyati haqida aytadilar: “Shayton insonlarning qalbiga kirganidek
jinlarning ham qalbiga kiradi va vasvasa qiladi. Agar Alloh nomi zikr qilinsa, yashirinib 
ularning qalbidan chiqadi”. 
952. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Men da’vat qiluvchi va yetkazuvchi qilib yuborildim. 
Mening qo‘limdan hidoyat qilish kelmaydi. Shayton ziynatlovchi qilib yaratildi. Uning 
qo‘lidan adashtirish kelmaydi”. Ya’ni, u faqat vasvasa qilib, gunohni bezaydi. Uning 
qo‘lida ortiq narsa yo‘q. Banda nafsidan vasvasani daf etishda jiddu jahd va dushmanga 
muxolif bo‘lishga harakat qilmog‘i lozim. Chunki Alloh taolo aytganki: 
“Aniqki, shayton sizlarga dushmandir, bas, uni dushman tutinglar”
(Fotir, 6-
oyat). Oqil kishi dushmanidan do‘stini ajrata biladi, unga itoat qiladi, dushmaniga 
ergashmaydi. 
Aytilardiki, johillikning alomati to‘rtta: 
1. Bekorga g‘azablanish. 
2. Nafsning botilga ergashishi. 
3. Molni o‘rinsiz ishlatish. 
4. Do‘stini dushmanidan kamroq bilish, ya’ni, shaytonning toati ustiga ixtiyor qilish. 
Shaytonning toatini Allohning toatiga almashtirish naqadar yomon. 
Alloh taolo aytadi: 
“Endi sizlar (ey odam farzandlari) Meni qo‘yib, uni (ya’ni, shaytonni) va 
zurriyotlarini do‘st tuturmisiz? Ular sizlarga dushman-ku! U (shayton) zolim 
kimsalar uchun (Allohning o‘rniga ibodat qilinadigan) naqadar yomon 
o‘rinbosardir”
(Kahf, 50-oyat). 
Oqillikning alomati ham to‘rtta: 
1. Johilga nisbatan muloyim bo‘lish. 
2. Botildan nafsini qaytarish. 
3. Molni loyiq joyga ishlatish. 
4. Dushmanidan do‘stini ajrata bilish”. 
Vahb ibn Munabbahdan zikr qilinadi: “Shayton Yahyo ibn Zakariyo alayhissalomga 
yo‘liqibdi. Yahyo ibn Zakariyo unga: “Menga odam farzandlarining tabiatini qanday 
bilishing haqida xabar ber”, dedilar. Iblis aytdi: “Ularda bir sinf bor, gunohlardan pok
senga o‘xshaydi. Ularga hech narsa qila olmaymiz. Ammo ikkinchi sinfi bolalaringizning 
qo‘llaridagi to‘p kabi bizning qo‘limizda. Ularga biz kifoya qilamiz. Ammo, uchinchi sinfga 
kelsak, ular biz uchun eng yomon sinfdir, ularga birortamiz uchraymiz-da, kerakli 
narsamizni olamiz, so‘ng u istig‘forga shoshiladi va biz olgan narsani buzadi. Undan 
noumid ham bo‘lmaymiz, hojatimizga ham erisha olmaymiz”. 
Hakimlardan biri aytadi: ”Shaytonning insonga o‘nta eshikdan kelishini ko‘rdim: 
1. Shayton hirs va yomon gumon tomonidan keladi. Uni ishonch va qanoat bilan kutib 
oldim. So‘ng Allohning kitobidan unga qarshi ushbu so‘zni topdim: 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin