www.ziyouz.com
kutubxonasi
383
uchun ularning chaqirig‘iga javob bermadi. So‘ng ular Jarayjni olib kelishdi. Podshoh
unga: “Sen o‘zingni xudojo‘y ko‘rsatib, odamlarning nomusini toptaysan, halol
bo‘lmagan ishni qilasan”, dedi. Obid: “Nima ish qilibman?” deb ajablandi. Podshoh: “Sen
falon ayol bilan zino qilibsan-ku”, dedi. Jurayj qilmadim, desa ham, qasam ichsa ham,
ishonishmadi.
So‘ng: “Meni onamning oldiga olib boringlar”, dedi. Uni onasining oldiga olib borishdi.
“Ey ona, - dedi u, - sening Allohga qilgan duoing ijobat bo‘ldi. Endi yana Allohga duo qil,
mendan bu musibatni ko‘tarsin”, Shunda onasi: “Allohim, agar Jurayjni mening duoim
bilan jazolagan bo‘lsang, endi undan musibatni ko‘targin”, deb duo qildi. Jurayj podshoh
huzuriga qaytib, ayol bilan bolasini so‘radi.
So‘ng ayol bilan bolasini keltirishdi. Ayol: “Men bilan zino qilgan shu kishi”, dedi. Shunda
Jurayj bolaning boshiga qo‘lini qo‘yib: “Seni yaratgan Zot haqqi, otang kim ekanini ayt”,
dedi. Allohning izni bilan bola tilga kirib: “Otam falon podachi”, dedi. Ayol buni eshitib,
gunohini e’tirof etdi va: “Men yolg‘on aytdim. Falonchi podachi bilan zino qilgan edim”,
dedi. Podshoh rohib Jurayjdan uzr so‘rab, buzilgan qulbasini tillodan qurib berishini
aytdi. Jurayj rad javobini berib, oldingi binosini qurib berishini so‘radi.
Ibrohim Muhojir ibn Mujohiddan rivoyat qilib aytdilar: “Hech bir yosh bola kichkinaligida
gapirmadi, magar to‘rttasi – Iso Ibn Maryam (a.s.), Uxdudning sohiblari, rohib
Jurayjning sohiblari va Yusufning (a.s.) sohiblari gapirdilar”. Bu haqda Alloh taoloning
so‘zi bor:
“(Shu payt Zulayhoning) urug‘laridan biri guvohlik berib (dedi)”.
Allohning tavfiqi va karami ila kitob nihoyasiga yetdi.
________________
Hikoyatlar bobi hadislari
959-hadis. Zaif.
960-hadis. Muttafaqun alayh.
961-hadis. Isnodi noma’lum.
962-hadis. Zaif. Abu Na’im “Hulya”da rivoyat qilgan.
963-hadis. Mavzu’. “Za’ifa”ga qarang.
Dostları ilə paylaş: |