www.ziyouz.com kutubxonasi
39
qoldi”. Jabroil: “Tabaqni olgin, ularga qarayman” deydi. Molik buyurib, ulardan yopqich
qapqoqni olishadi. Ular Jabroilning yuzi ko‘rkamligidan, azob farishtasi emasligini
biladilar. “Kim bu banda, oldin bunday kishini ko‘rmagan edik?” Molik: “Bu Jabroildir. U
Muhammadga (s.a.v.) vahiy keltirgan”, deydi. Ular Muhammad (s.a.v.) ismlarini eshitib,
baqiradilar: “Ey Jabroil, Muhammadga (s.a.v.) bizdan salom yetkazgin. Bizning va
sizning oralarimizda bo‘lib o‘tgan gunohkorligimizdan xabar qilgin. Bizning yomon
holimizdan xabar bergin”. Jabroil Allohning huzuriga borib turadi. Alloh taolo aytadi:
“Muhammadning (s.a.v.) ummatini qanday holda ko‘rding?” “Ey Rabbim, ularning hollari
yomon, joylari tor”. Alloh so‘raydi: “Sendan biron narsa so‘rashdimi?” “Ey Rabbim, ular
mendan Payg‘ambarlariga salom aytmog‘imni va o‘zlarining ahvoli yomonligini
yetkazishimni so‘rashdi”. Alloh aytadi: “Borgil, u kishiga xabar bergil”. Jabroil
Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga jo‘naydi. Muhammad (s.a.v.) eshiklari to‘rt ming bo‘lgan,
har bir eshik ikki tabaqali, oltindan qilingan, oq dur qasrda turadilar. Jabroil
alayhissalom aytadi: “Ey Muhammad (s.a.v.) sizning do‘zaxda azoblanayotgan gunohkor
ummatlaringiz oldidan keldim. Ular sizga salom aytdilar. Ahvollari yomonligini, joylari
torligini aytdilar”. Payg‘ambar (s.a.v.) Arshning tagiga kelib o‘zlarini sajdaga
tashlaydilar. Allohga hamdu sano aytadilar, bundan oldin u kishi kabi sano o‘qigan odam
yo‘q edi. Alloh aytadi: “Boshingni ko‘targil, so‘ragan narsang berilgaydir, Shafoat qil,
shafoatlangaysen”. Aytdilar: “Ey ummatim baxtsizlarining Rabbisi! Sen ularga hukmingni
o‘tkazding, ulardan o‘ch olding, endi meni ularga shafoatchi qilgin!” Alloh aytadi: “Seni
ularga shafoatchi qildim, do‘zaxga borgin, hammasini chiqargin”. Payg‘ambar (s.a.v.)
borganlarida Molik u kishini ko‘rib, ehtirom bilan o‘rnilaridan turadi. Payg‘ambar (s.a.v.)
aytadilar: “Ey Molik! Baxtsiz ummatimning holi qanday?” Molik: “Ularning hollari yomon,
joylari tor”, deydi. “Eshikni och, yopilgan narsani ol!” Shu payt do‘zax ahli Muhammad
(s.a.v.) ko‘rib, hammalari qichqirib yuboradilar: “Ey Muhammad sallallohu alayhi
vasallam! Do‘zax terilarimizni yondirdi, jigarlarimizni kuydirdi!”
Hammalari do‘zaxdan chiqariladilar. Ular ko‘mirdek bo‘lib qolgan edilar, olovni
yeganlaridan. Ular jannat darvozasidagi Hayot daryosiga borishadi, u yerda cho‘milishib,
yosh, balog‘atga yetgan yigitlardek bo‘lib chiqishadi. Go‘yoki ularning yuzlari oydekdir.
Peshonalariga “do‘zaxilar” deb yozilgan edi. Alloh ularni do‘zaxdan ozod qiladi. So‘ngra
jannatga kiradilar. Musulmonlarning jannatga kirganlarini ko‘rgan kofirlar aytadi:
“Koshki biz ham musulmon bo‘lsak, biz ham do‘zaxdan qutulsak”. Alloh taolo aytadi: