Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
36
56. Xabarda kelganidek: “Albatta, jannat kishi yoqtirmaydigan narsalar bilan o‘ralgan:
do‘zax esa shahvatli narsalar bilan o‘ralgandir”.
57. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: “Alloh
taolo
Jabroilni chaqirdi, keyin jannatga yuborib: “Jannat ahli uchun nima hozirlaganimni borib
ko‘rgin”, dedi. Jabroil qaytib kelib: “Sening
izzating haqqi, u yerni faqat inson
eshitsayoq, kiradi”, dedi. So‘ng jannat inson tabiati karih ko‘rgan narsalar bilan o‘raldi.
Keyin yana Alloh aytadi: “Jannatga qaytib yana qaragin”. So‘ngra u qaytib: “Sening
izzating haqqi qo‘rqdimki, unga hech kim kirmaydi, deb”. Keyin uni do‘zaxga yubordi:
“Do‘zaxga qaragin va uning ahliga nima tayyorlaganimni ko‘rgin”. Jabroil qaytib kelib:
“Yo Alloh,
agar uni eshitsa, unga hech kim kirmaydi” dedi. So‘ng do‘zax shahvatlar bilan
o‘raldi”. Alloh aytdi: “Qaytib borgin va qaragin unga”. Keyin qaytib keldi: “Sening
izzating va ulug‘liging haqqi, yo Alloh, hech kim do‘zaxga
kirmay qolmaydi, deb
qo‘rqdim”, dedi”.
58. Payg‘ambar (s.a.v.): “Do‘zaxni xohlaganingizcha tasavvur qilinglar, qanchalik
tasavvur
qilsangizlar ham, do‘zax sizlar o‘ylagandan ko‘ra qattiqroq”, dedilar.
Otam Maymun ibn Mahrondan rivoyat qilib aytadi:
Dostları ilə paylaş: