Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
33
Ey birodar! Mana shunday kunga yaxshi amallarni qilishlik va yomon amallardan 
tiyilishlik bilan tayyorlan, qiyomatga yaqin vaqtda turibsan, u kunda umringga 
pushaymon qilasan, bilib qo‘yginki, agar o‘lsang, qiyomat boshlanadi. Mug‘iyra ibn 
Sho‘’ba aytganidek: “Sizlar, qiyomat, qiyomat deysizlar, sizlar o‘lishlaringiz bilan 
qiyomat boshlanadi”. 
Alqama ibn Qays bir odamning janozasida qatnashadilar va qabrga qo‘yib, dafn 
qilingach: “Bu bandaga qiyomat boshlandi”, dedi. Bu gapni aytishining sababi shuki
inson o‘lsa, qiyomatda bo‘ladigan ishi aniq bo‘ladi, chunki u jannatni, do‘zaxni va 
farishtalarni ko‘radi, hech qanday amal qilishga qodir bo‘lmaydi, go‘yoki qiyomatga kelib 
qolgandek bo‘ladi, chunki o‘limi bilan uning amallariga xotima yasalgan bo‘ladi, qiyomat 
kuni qanday o‘lgan bo‘lsa, o‘shanday tiriladi. Kimniki amali yaxshilik bilan tugagan 
bo‘lsa, qanday yaxshi! 
Abu Bakir al-Vositiy aytadiki: “Davlat uchta bo‘ladi: hayotdagi davlat, o‘lim paytidagi 
davlat va qiyomatdagi davlat. Hayotdagi davlat – Allohning toatu ibodatini qilib 
yashashdir, o‘lim paytidagisi esa “La ilaha illalloh” kalimasi bilan joni chiqishidir, haqiqiy 
davlat esa qiyomat kuni jannat xushxabari berilishidir”. 
Rivoyat qilinadiki: Yahyo ibn Maoz Ar-Roziyning majlisida qiyomat kuni haqidagi 
“Biz muttaqiyn-taqvoli zotlarni otliq hollarda Rahmon dargohiga to‘playdigan 
va mujrim – jinoyatchi-kofirlarni jahannamga tushishlari uchun haydaydigan 
kunni (eslang)!”
(Maryam, 85, 86) degan oyat o‘qilganda, u kishi aytdi: “Ey insonlar
xotirjam yuraveringlar, ertaga mahshargohga yig‘ilasizlar, har tomondan to‘da-to‘da 
bo‘lib kelasizlar. Allohning oldida bitta-bitta turasizlar, amallaringiz haqida harfma-harf 
so‘roq qilinasizlar. Allohning do‘stlari Rahmonning oldiga ulovga mindirilgan holda olib 
boriladilar, gunohkor osiy bandalar jahannamga yuboriladilar, jahannamga to‘da-to‘da 
bo‘lib kiradilar. Bularning biri qachonki yer titrab, vayron bo‘lsa, Parvardigoringiz(ning 
hukmi) va farishtalar saf-saf bo‘lib kelsa, jahannam dard-hasratlar bilan keltirilsa, 
o‘shanda sodir bo‘ladi. Birodarlarim miqdori ellik ming yilga teng bo‘lgan kunda sizga 
voy bo‘lsin, titrab-qaltirash kuni, shoshilish-dovdirash kuni, qiyomat kuni, hasrat-
nadomat kuni, u ulug‘ Kundir, insonlar olamlarning Rabbi huzurida turg‘iziladigan kun, 
zilzila bo‘ladigan kun, qichqiriq keladigan kun, haqiqat kuni, qalbni zirillatadigan kun! 
Allohga qaytiladigan kun, kishi qilgan amallariga qaraydigan kun, almashish kuni, 
insonlar amallarini ko‘rish uchun firqa-firqa bo‘lib boradigan kun, birov birovga yordam 
berolmaydigan kun, yuzlar oqaradigan va ba’zi yuzlar qorayadigan kun, hiyla-nayrang 
ish bermaydigan kun. Ota farzandini himoya qilolmaydigan, farzand otasiga yordam 
berolmaydigan kun, yomonliklari hamma yoqqa tarqab ketadigan kun, u kunda 
zolimlarning qilgan uzrlari foyda bermaydi, ularga yomon joy bordir, har kim o‘zigagina 
qayg‘uradigan kun, u kunda har bir emizguvchi emizadigan bolasini esdan chiqarib 
qo‘yadi, har bir homilador homilasini tashlab yuboradi, insonlarni mast bo‘libdi, deb 
o‘ylaysan, lekin ular mast emas, balki Allohning azobi qattiqdir”. 
Muqotil ibn Sulaymon aytadiki: “Maxluqotlar qiyomat kuni yuz yil o‘z terlariga 
yuganlangan holatda turadilar, keyin yuz yil zulmatga hayron bo‘lib turadilar, keyin yuz 
yil Rabbilarning huzurida bir-birlari bilan tortishib-talashib turadilar. Aytiladiki, qiyomat 
kunining miqdori ellik ming yildir. Allohga ixlos qilgan mo‘min uchun bu muddat xuddi 
bir soat o‘tgandek o‘tib ketadi”. 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin