www.ziyouz.com kutubxonasi
34
Ey oqil inson, senga Alloh taolo qiyomat qiyinchiliklarini yengillatishi uchun sen o‘zing bu
dunyodagi qiyinchiliklarga sabr qilib, Allohga toat-itoat qilmog‘ing lozim. Alloh o‘zi to‘g‘ri
yo‘lga boshlaguvchidir.
___________
IV bob. Qiyomatning qo‘rqinch va dahshatlari bobi hadislari 1. Oyisha. Yo Rasululloh! Qiyomat kuni kishi yaxshi ko‘rgan odamini eslaydimi?...» Zaif*. Ahmad (110/6) va «Zaiful jome’» (1245) ga qarang.
2. Abu Hurayra. Rasulullohdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: «Ikki nafha (sur)...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (4935) va Muslim (2955).
3. Abu Hurayra. «Alloh taolo yeru osmonni yaratib bo‘lganidan keyin...» Zaif*. Ibn Jarir (31/30, 30/24, 110/17) va Bayhaqiy, «Al-ba’s van
nushur» (236).
4. Abu Hurayra. «Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Ey insonlar va jinlar jamoasi...»* Oldingi 3-hadisdan bir juz’.
5. Nofe’ ibn Umar. «Qiyomat kuni insonlar onalaridan tug‘ilgandek yalang‘och va yalangoyoq tiriladilar...» Ibn Kasir «Al-bidoya van-nihoya»da
(267/1).
6. Maoz ibn Jabal. «Qiyomat kunida banda narsa haqida so‘ralmaguncha...» Sahih*. Bazzor (157/4), Xatib (441/11) va «As-sahihatu» (946)
ga qarang.
7. Ibn Mas’ud. «Kofir kishi u kunning uzunligidan...» Zaif*. Abu Ya’lo va Hibbon (2582) «Al-matolibi-oliya» (270/4) va «Val-majma’a»
(336/10) ga qarang.
8. Ibn Abbos. «Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Har bir payg‘ambarga qabul bo‘ladigan bir duo berilgan...» Hasan* Ahmad. (176/4) «As-
Sunna» (797/818).
V BOB. DO‘ZAX VA DO‘ZAX AHLINING SIFATLARI 52. Abu Samarqandiy (Alloh rahmat qilsin) aytadi: Abu Hurayradan, Alloh u kishidan rozi
bo‘lsin, rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: “Do‘zax ming yil qip-qizil
rangga kirguncha qizdiriladi, keyin yana ming yil oq rangga kirgunicha qizdiriladi, so‘ng
ming yil yondirilib qizdirilib qop-qora qilinadi. O‘sha qoralik qop-qorong‘u tun kabidir”.
Yazid ibn Mursaddan rivoyat qilinadi: u kishi ikki ko‘zidan yoshlarini hech to‘xtata olmas
edi, ko‘p yig‘lab turaverganlaridan keyin, bu yig‘i ma’nosini so‘radilar. U aytdi: “Agar bir
gunoh qilganimda, Alloh taolo menga hammomda abadiy saqlayman deb, qo‘rqituv
va’dasini bersa edi, ko‘z yoshimni to‘xtatmasligim to‘g‘ri bo‘lur edi. Endi qanday
yig‘lamaymanki, Alloh taolo uch ming yil qizdirilgan do‘zaxga qamayman, deb turgan
bo‘lsa!”
Mujohiddan rivoyat qilinadi: “Do‘zaxda bir choh - quduq bor, unda tuyaning bo‘ynidek
ilonlar, xachirdek chayonlar bor. Do‘zax ahli o‘sha ilonlarni ko‘rib qochishadi. Ularni
o‘sha ilonlar lablari bilan yamlab olishadi, so‘ngra soch va tirnoqlari orasidagi nimaiki
bo‘lsa, kesib yoki archib tashlashadi. Ular faqat do‘zaxga kirish bilangina bu azobdan
qutulishadi”.
53. Abdulloh ibn Juz’dan rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Do‘zaxda
tuyaning bo‘ynidek ilonlar bor. Agar birontasi chaqsa, uning harorati qirq yilgacha
ketmaydi va yana do‘zaxda xachirlardek chayonlar bor, agar birontani chaqsa, uning
harorati qirq yilgacha turadi”.
54. Ibn Mas’uddan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilinishicha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)
aytdilar: “Bu dunyodagi olovlaringiz do‘zax o‘tining yetmish barobaridan biridir. Agar
o‘sha olovni dengizga ikki marta tashlasalar, uning suvidan foydalanib bo‘lmaydi.
Mujohid aytadi: “Albatta sizlarning olovlaringiz jahannamdan panoh tilaydi”.
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy