Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


“Yulduzlarga qarab turib, men kasalga yo‘liquvchidirman”



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

“Yulduzlarga qarab turib, men kasalga yo‘liquvchidirman”
dedi (Soffat, 88-89). 
Vaholanki, u paytda sog‘ edi. Ikkinchisi, (Ibrohim): 
“Aytdi: “Yo‘q, bu ishni ularning kattasi mana bu (haykal) qildi”
(Anbiyo, 63). 
Uchinchisi, ayollarini singlim deb aytgan edilar...” 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
32
Ibrohim alayhissalom davom etdilarki: “Bugun o‘zim bilan o‘zim ovoraman, sizlar 
Musoga boringlar, Alloh u bilan farishtasiz bevosita so‘zlashgan edi”, deydilar. Odamlar 
Muso alayhissalomga kelib, yuqoridagi iltimosni qilganlarida, u kishi: “Men bunga qodir 
emasman, chunki men bir odamni nohaq o‘ldirib qo‘yganman, bugun o‘zim bilan o‘zim 
ovoraman. Sizlar Isoga boringlar, chunki u Allohning ruhi va so‘zi bo‘lgan”, deydilar. 
Odamlar Iso alayhissalomga kelganlarida, u kishi: “Men ham qodir emasman, insonlar 
Allohni qo‘yib meni va onamni iloh qilib olishgan. Bugun meni o‘zimdan boshqa narsa 
qiziqtirmaydi”, deydilar. Keyin yana aytadilarki: “Agar birortalaringizda biror narsa 
bo‘lsa-yu, uni xaltaga solib, ustini o‘rab qo‘ysa, o‘ralgan narsani ochmasdan turib, 
idishdagi narsani olib bo‘ladimi?” Shunda odamlar: “Yo‘q”, deyishadi”. Unday bo‘lsa, 
Muhammad (s.a.v.) bilan payg‘ambarlar yakunlangan. U bugun sizlarga vafo qiladi. 
Alloh uning avvalgi va keyingi gunohlarini kechirgan”, deydilar”. 
Rasululloh (s.a.v.) aytdilarki, “O‘sha kuni insonlar me-ning oldimga kelishadi va men 
aytamanki: “Ha, men shafoat qilgayman. Alloh kimniki xohlasa va kimgaki rozi bo‘lsa”. 
Keyin Alloh taolo o‘zi xohlagancha turib qoladi va hukm chiqarmoqchi bo‘lganida bir nido 
qiluvchi: “Muhammad va uning ummati qani?” deb nido qiladi. Bizlar (men va ummatim) 
birinchi va oxirgilarmiz, (ya’ni, dunyoda oxirgilar va qiyomatda hisob qilinishda 
birinchimiz), keyin men va ummatim turgaymiz. Boshqa ummatlar bizga yo‘l ochib 
berishadi va insonlar orasida tahorat izlari badanimizda ot oyog‘idagi halqadek ko‘rinib 
turgan holatda o‘tamiz, insonlar bizga qarab: “Bu ummat hammasi payg‘ambar 
bo‘lishiga yaqin qolgan ekan”, deydilar. So‘ngra jannat eshigiga borib, ochishlarini 
so‘raymiz. “Kimsiz?” deb aytiladi, men: “Allohning payg‘ambari Muhammadman”, 
deganimdan keyin eshik ochiladi, kirib Rabbimga sajda qilaman va shunday hamdu 
sanolarni aytamanki, ularni hech kim mendan oldin aytmagan, mendan keyin ham hech 
kim aytmaydi. Keyin menga aytiladiki: “Boshingni ko‘tar, so‘zla, so‘zingga quloq 
solingaydir, so‘ra so‘raganing berilgaydir, shafoat qil, qabul qilingaydir!” Boshimni 
ko‘tarib, har bir qalbida bug‘doy yoki zarra misqolicha iymoni bo‘lgan, ya’ni “La ilaha 
illalloh Muhammadur-rasululloh” kalimasiga ishonchi bo‘lgan kishilarni shafoat qilaman”. 
Umar ibn Xattob roziyallohu anhu bir kuni masjidga kirsalar, Ka’b-ul Ahbor insonlarga 
gapirib o‘tirgan ekan, shunda Umar unga: “Ey Ka’b, bizni qo‘rqitgin” debdi. Ka’b: 
“Allohga qasamki, Alloh taoloning shunday farishtalari borki, yaratilgandan beri tik 
turadilar. Va boshqalari sajda qilgan hollarida boshlarini sur chalinguncha 
ko‘tarmaydilar, hammalari aytishadiki: “Yo Alloh! Sen poksan va maqtovga loyiqsan. 
Senga haqiqiy ibodat qila olmadik. Senga loyiq bo‘ladigan darajada ibodat qila olmadik!” 
Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasam ichamanki, qiyomat kuni jahannam yaqinlashtiriladi, 
undan baqiriq va o‘kiriklar eshitiladi, yaqinlashtirilganda shunday bir ovoz chiqaradiki, 
uni eshitgan har bir payg‘ambar ham, shahid ham tiz cho‘kib qoladi, har bir shahid: “Ey 
Parvardigoro, Sendan faqat o‘zimni so‘rayman”, deydi. Ibrohim alayhissalom Ismoil va 
Ishoqni unutib: “Ey Rabbim, men do‘sting Ibrohimman!” deydilar... Ey Umar, agar o‘sha 
kuni senda yetmishta payg‘ambarning savobi bo‘lsa ham, najot topmayman, deb 
o‘ylaysan”. O‘tirganlar hammalari dod deb yig‘laydilar. 
Umar roziyallohu anhu buni ko‘rib: “Ey Ka’b, endi bizni suyuntirgin!” dedilar. Aytdiki: 
“Xursand bo‘linglar, Alloh taoloning uch yuz o‘n uchta shariati bor, qiyomat kuni qaysi 
banda shulardan birontasini qilib, ixlos kalimasi bilan kelsa, Alloh o‘sha bandani jannatga 
kirgizadi. Allohga qasamki, agar Allohning rahmatini qay darajada ekanini 
bilganlaringizda edi, amal qilishni kamaytirib qo‘yar edingiz!” 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin