Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
43
dasturxonga taom bo‘lib tushadi, go‘shtning quritilgan tomonidan va yana boshqa
pishirilgan tomonidan yeyaveradi. Keyin qush qaytib ketadi”.
67. A’mash Abu Hurayradan rivoyat qiladi. Alloh undan rozi bo‘lsin: Payg‘ambarimiz
(s.a.v.) aytdilar: “Mening ummatimdan jannatga birinchi kiradigan toifa Badr
kechasidagi oy suratida kiradi. Keyingilari esa osmondagi eng yorqin yulduz suratida
kiradi. Undan keyin kirayot-ganlar darajalariga qarab kiraveradi. Ular bavl qilmaydilar va
hojat chiqarishga hojatlari bo‘lmaydi, tupurmaydilar, burunlarini ham qoqmaydilar.
Tirnoqlari tillodandir, ichadigan idishlari marvariddir, terlari mushkdir. Axloqlari bir kishi
axloqida qurilgan (ya’ni, hammasi bir xil), uzunliklari Odam alayhissalom bo‘ylari kabi
oltmish gazdir”.
68. Ibn Abbos, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: “Albatta, ahli
jannatlar soqolsiz, yungsiz yigitlar bo‘ladi. Ularda ikki qoshi, ikki kiprigi va boshidagi
sochdan boshqa soch yo‘q, ya’ni ularda qo‘ltiq mo‘y va avrat mo‘ylari bo‘lmaydi. Bo‘ylari
Odam alayhissalom bo‘ylaridek oltmish gaz bo‘ladi. Yoshlari Iso alayhissalom yoshlaridek
o‘ttiz uchdir, ranglari oq, kiyimlari yashildir. Jannat ahllaridan biri dasturxonga ikki
qo‘lini olib kelsa, bir qush kelib deydi: “Ey Allohning do‘sti, men salsabil bulog‘idan suv
ichganman. Arshning tagidagi bog‘larda o‘tlaganman, ikki tomonlama ta’mi bor, biri
suvda pishirilgan go‘sht ta’mi, ikkinchisi qovurilgan go‘sht ta’midir!”, xohlagancha
yeydi. Jannat ahlining yetmish kiyimi bor. Ularning ranglari turli-tumandir. Ularning
barmoqlarida o‘nta uzuk bor. Birinchisiga mana bu oyat yozilgan:
Dostları ilə paylaş: