www.ziyouz.com kutubxonasi
51
Men Islomda sochlari oqargan kishini azoblamayman!” dedi va meni jannatga kirishga
buyurdi”.
87. Umar Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambarimizning oldilariga kirgan vaqtida, yig‘lab
turgan ekanlar. “Nega yig‘layapsiz, yo Rasululloh?” deb so‘radi. “Menga Jabroil keldi va
aytdi: “Albatta, Alloh taolo Islomda qarib, sochi oqargan mo‘minlarni azoblashdan
uyaladi”. Endi mo‘min ham Islomda sochi oqargan paytida Alloh taologa gunoh
qilishlikdan qanday uyalmasin!”
Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: qariyalarga bu ikrom-karomatlarni bilmoqligi va
Allohga shukr qilmoqligi, kiroman kotibinlardan (ikki farishtadan) uyalishi, gunohlardan
qaytishi va Alloh taoloning itoatiga doim tayyor bo‘lishligi vojibdir! Chunki u qachon ajali
yetishini bilmaydi. Albatta, agar ekin o‘rimga kelib qolsa, kutib o‘tirilmaydi. Shuningdek,
yigitlarga ham Allohdan qo‘rqmoqligi, gunohlardan saqlanmoqligi, toatda bardavom
bo‘lishliklari vojibdir! Chunki hech kim qachon ajali yetishini bilmaydi. Albatta, yigit Alloh
taoloning ibodatlarini qabul qiluvchi bo‘lsa, gunohlardan qaytsa, Alloh taolo uni qiyomat
kunida Arshning tagida soyalantiradi!
88. Abu Hurayradan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambarimiz
(s.a.v.) aytdilar: “Alloh taolo yetti kishini, qiyomatda faqatgina arshning soyasidan
boshqa soya yo‘q vaqtda uning soyasida soyalantiradi: 1) odil imomni; 2) Allohning
ibodatida ulg‘aygan yigitni; 3) hami-sha qalbi masjidga bog‘langan, agar masjiddan
chiqsa, yana qaytadigan kishini; 4) Alloh yo‘lida bir-birini do‘st tutgan kishilarni va Alloh
yo‘lida yig‘ilib, Alloh yo‘lida tarqaladiganlarni; 5) Allohni xoli holda zikr qilib, ko‘zidan
yosh oqizgan kishini; 6) sadaqa berganida yashirib beradigan kishini, qaysiki o‘ng qo‘li
berganini chap qo‘li bilmaydi; 7) chiroyli, nasabli ayol o‘ziga chorlaganida, “Men Allohdan
qo‘rqaman”, deb bormagan kishini”.
______________