Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


“(Ibrohim) aytdi: “Albatta men Parvardigorim



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

“(Ibrohim) aytdi: “Albatta men Parvardigorim 
(buyurgan tomon)ga hijrat qiluvchidirman. Albatta, uning o‘zigina qudrat va 
hikmat egasidir”
(Ankabut, 26). Va yana Ibrohim alayhissalom aytdilar: 
“Albatta, men Parvardigorim (buyurgan taraf)ga ketguvchidirman, uning o‘zi 
meni hidoyat qilur” 
(Vas-saffot, 99) Ya’ni, Rabbim toatiga, Uning rizosiga ketaman, 
deydilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Makkadan Madinaga hijrat qildilar. 
Kimning yerida fahsh-gunohlar ko‘rinsa, o‘sha kishi u yerdan Allohning rizoligini istab 
chiqsa, Ibrohim va Muhammad alayhissalomlarga ergashgan bo‘ladi. Oxiratda ikkovlari 
bilan jannatda birga bo‘ladi. Alloh taolo aytdi: 
“Kim uyidan Alloh va Uning payg‘ambari sari muhojir bo‘lib chiqib, so‘ng (shu 
yo‘lda) unga o‘lim yetsa, haqiqatki, uning ajri – mukofoti Allohning zimmasiga 
tushar. Alloh mag‘rifatli, mehribon bo‘lgan zotdir”
(Niso, 100). 
Ya’ni, kimki Allohning va rasulining toatida yo‘lga chiqib, keyin o‘lsa, uning savobi 
Allohga vojib bo‘ladi. 
102. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qaysi mo‘min Alloh va rasulining toatida o‘z uyidan 
chiqib, ulovining uzangisiga oyog‘ini qo‘ysa, agar bir qadam bo‘lsa ham yursa, keyin 
o‘limini topsa, Alloh taolo unga muhojirlar ajrini beradi va qaysi mo‘min o‘z uyidan Alloh 
yo‘lida qasd qilguvchi bo‘lib chiqsa, so‘ngra oti uni yiqitib, o‘lsa yoki urushga kirishdan 
oldin bir narsa chaqsa yoki qandaydir o‘limni topsa, u shahiddir. Qaysi muslim o‘z uyidan 
Allohning uyiga chiqsa, keyin unga yetmasdan ajali yetsa, Alloh taolo unga jannatni 
vojib qiladi”. 
Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Kimiki o‘z yeridan muhojir bo‘lmasa, u Allohning 
farzlarini ado etishga qodir bo‘lsa, o‘sha joyda turishining zarari yo‘qdir. Ularning 
qilayotgan gunohlarini yomon ko‘rguvchi holida bo‘ladi. Bu uzrlidir. 
Abdulloh ibn Mas’uddan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: “Agar kishi munkar 
ishni ko‘rib, o‘zi o‘zgartirishga qodir bo‘lmasa-da, qalbida bu ishni Alloh xush ko‘rmaydi, 
degan e’tiqodda bo‘lsin”. 
Ba’zi sahobai kiromlar, Alloh ulardan rozi bo‘lsin, aytdilar: “Sizlardan birortangiz bir 
munkar ishni ko‘rsa, lekin uni qaytarishga qodir bo‘lmasa, uch marta: “Ey Parvardigor, 
bu yomon ish, bunga rozi emasman”, deb aytsin. O‘shani aytsa, amri ma’ruf va nahiy 
munkar qilguvchi savobini oladi”. 
103. Rivoyat qilindi: Abu Umayya aytdi: Abu Sa’laba Xushniydan 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin