"Kim yomon amal qilsa, jazosini oladi"
(Niso, 123), degan so‘zi tushganda, Abu
Bakr (r.a.) aytdilar: "Ey Allohning elchisi, bu oyatdan keyin qanday xursandchilik
bo‘lsin?" Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Alloh sizni kechirsin, siz kasal
bo‘lmaysizmi? Sizga aziyat yetmaydimi? Siz qiynalib xafa bo‘lmaysizmi? Bu yetgan
narsalarning hammasida gunohlaringizga kafforat bordir", dedilar.
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
154
326. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "Bu oyat tushganda Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallam bizning oldimizga chiqdilar va dedilar: "Menga bir oyat tushdi, u ummatimga
dunyo va undagi narsalardan yaxshidir". Keyin o‘qidilar: "Kim yomon amal qilsa, jazosini
oladi". Keyin aytdilar: "Agar banda bir gunoh qilsa, so‘ngra unga shu dunyoning o‘zida
bir qiyinchilik yoki balo kelsa, Alloh uni ikkinchi marta azoblashdan ulug‘dir".
Faqih (rahmatullohi alayh) aytadilar: Bilingki, banda yaxshilarning darajasiga aziyatlar
va mashaqqatlarga sabr qilish bilan erishadi. Alloh o‘z payg‘ambariga sabrni buyurdi.
Aytdiki:
"Bas, (ey Muhammad), siz ham (o‘tgan) payg‘ambarlar orasidagi sabr-matonat
egalari sabr qilganlaridek (mushriklarning ozor-aziyatlariga) sabr qiling"
(Ahqof, 35).
327. Xabbob ibn Arat rivoyat qiladilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning
oldilariga kelganimizda, Ka’baning tagida ridolariga o‘ranib o‘tirgan ekanlar. Biz u zotga
shikoyat qildik: "Ey Allohning elchisi, Allohga duo qilmaysizmi? Allohdan bizlarga g‘alaba
so‘ramaysizmi?" dedik. U kishining yuzlari qizarib ketdi, keyin aytdilar: "Sizlardan
oldingilarni keltirishardi. So‘ngra yerdan chuqur kovlashardi, arrani olib kelib boshiga
qo‘yishardi va ikkiga bo‘lishardi. Ularni bu azoblar dinidan voz kechtirolmas edi".
328. Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan aytadilar: "Qiyomat
kuni yer yuzida eng farovon hayot kechirgan kishi keltiriladi va do‘zaxga bir martagina
kirgizib olinadi. U yerdan kuygan qora holatda chiqadi. Senga dunyoda biror ne’mat
berilganmidi? deb so‘raladi undan. U, yo‘q, yaratilganimdan beri shu balodadirman,
deydi. Keyin dunyo ahlidan ko‘p balolarga yo‘liqqan kishi keltirilib jannatga kirgizib
chiqariladi. Ya’ni, bir soatgina kiradi. So‘ngra to‘lin oydek bo‘lib chiqadi. Senda hech
qiyinchilik bo‘ldimi? deb so‘raladi undan. U, yo‘q, yaratilganimdan beri bu ne’mat
mendan ketmagan, deydi".
329. Ibn Abbos Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Jannatga
birinchi bo‘lib Allohga ko‘p hamd aytuvchilar chaqiriladi, ular Alloh taologa
xursandchiliklarida ham, xafaliklarida ham hamd aytganlar".
Banda o‘ziga yetgan musibatlarga sabr qilmog‘i vojibdir va bilmog‘i lozimki, Alloh taolo
undan daf qilgan balolar unga yetgan balolardan ko‘ra ko‘pdir. Bu uchun ham Allohga
hamd aytmog‘i lozim.
Bandalar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga ergashsinlar va u kishi mushriklar
yetkazgan aziyatlarga qanday sabr qilganlariga qarasinlar.
330. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat. "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Baytullohda
namoz o‘qiyotgan edilar. Abu Jahl va sheriklari Ka’baning atrofida o‘tirishardi. Bir kun
oldin tuya so‘yilgan edi. Abu Jahl: "Qaysilaringiz tuyaning ichak-chavog‘ini olib, sajda
qilayotganda Muhammadning yelkasiga tashlaydi?" dedi. Qavmning eng badbaxti turib,
uni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sajdada bo‘lgan paytlarida ustlariga tashladi.
Keyin masxaralab kulishdi, men indamay qarab turardim. Agar quvvatim yetganida edi,
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning orqalaridan uni, albatta, uloqtirib yuborardim.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sajda qilganlari kuyi boshlarini ko‘tara olmay
turdilar, hatto bir kishi Fotimaga borib xabar berdi. Fotima hali yoshgina qizcha edi.
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Dostları ilə paylaş: |