Asarlari
Abu Lays Samarqandiydan barakali ilmiy meros qoldi. Ilm-fan, adab borasida ko‘plab
kitoblar tasnif etdilar. Fiqh, usuli din, tib va falsafa ilmlarida
shuhrat va martaba
qozondilar.
1. “Bahrul-ulum” (Ilm ummoni) Qur’oni karim tafsiri bo‘lib, “Tafsirul-Qur’on”, ham
deyiladi.
2. “Xizonatul-fiqh” (Huquqshunoslik xazinasi) Islom fiqh ilmi sohasiga oid bo‘lib, bu
boradagi ko‘plab asarlarning eng mashhuridir. Asar tadqiq etilib, jahon miqyosida nashr
qilingan.
3. “Bo‘stonul-orifiyn” (Oriflar bo‘stoni) ma’rifat, ilohiyot, zuhd,
taqvo va faqr bobida
bo‘lib, shu sohadagi asarlarning mashhurlaridandir.
4. “Tanbehul-g‘ofiliyn” -- eng ta’sirchan, mo‘’tabar asarlaridan bo‘lib, oxirat
saodatining yo‘li, taqvo darsligidir.
5. “Qirrotul-’uyun va mufrihu qalbul-mahzun” (Ko‘zlar quvonchi va mahzun qalb
farahi).
6. “‘uyunul-masoil” (Masalalar bulog‘i). Hindistonda nashr etilgan.
7. “Muqoddimatu Abu Lays fis-solat”. Misradagi “Dorul-kutub” matbaasida saqlanadi.
8. “Fatovoi Abu Lays”. Fatvo kitoblaridan.
9. “An-navozilu fil-fatovo”. Fatvo kitoblaridan, Misrda “Dorul-kutub”da saqlanadi.
10. “Al-mabsut”.
11. “Sharhu jomi’us-sag‘iyr”.
12. “Umdatul aqoid”. Aqidaga doir kitoblardan.
13. “Usulud-din”. Din ilmi asarlaridan.
14. “Bayonu aqidatil usul”. Usuli din va e’tiqod kitobi.
15. “Asrorul-vahy”.
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu
Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
388
16. “Risolatu fil-mag‘firati val-iyman”.
17. “Risolatu fil-hukm”.
18. “Shir’atul-Islom”.
Yana boshqa kitoblari bo‘lib, ba’zilari ikki-uch xil nom bilan ataladi.
Faqihning “Tanbehul-g‘ofiliyn” kitobini tadqiq etib, Misrda nashr qildirgan allomaSaid
Arabiy u zotning ismi, nasabi va kitob yozishdagi komil uslubini ta’riflab, bunday deydi:
“Musannif har bobda so‘zni Qur’ondan
bir necha oyatlar keltirib, mubhamlarini
tushuntirish bilan boshlaydi. Keyin uni payg‘ambar hadislari va salaflarning so‘zlari bilan
quvvatlaydi. Bularning hammasiga munosib ta’liqlar keltiradi”.
Turli davr insonlari hamisha dalil va hujjatga muhtoj bo‘ladi. Bu jihatdan faqihning
uslubi eng mumtoz uslubdir.
Kitobning o‘ta ta’sirchanlik xususiyatini qayd etdik.
Darhaqiqat, bu kitob g‘ofillarni,
ya’ni e’tiborsizlarni, bexabarlarni, uyqudagilarni uyg‘otuvchi, oxirat manzaralaridan ogoh
etuvchi, aqlga xitoblar qilguvchi mav’izalar kitobidir.
Hazrati Payg‘ambarimiz bir hadisi shariflarida: “Insonlar uyqudadirlar, o‘lganda
uyg‘ongaylar”, desalar, yana bir hadisda: “O‘lmasdan oldin o‘ling!” deb buyurganlar.
O‘lmasdan oldin o‘lmoq, o‘lmasdan oldin uyg‘onmoq deganidir!
Ilohiy haqiqatlarni, oxirat
hayotini o‘lmay turib bilmoq deganidir. Bu ish robitai mavt – o‘limni tafakkur qilish,
qalbning uyg‘oqligi va tirikligi esa, zikr etish bilan bo‘lgaydir. Xullas, bu
kitob tafakkurga
da’vat va xitob kitobidir!
Toshkent Islom oliy ma’hadi talabasi sifatida Qohirada o‘qib yurgan kezlarimda asarga
muhabbatim tushgan va buyuk vatandoshimizning buyuk asarini o‘zbek tiliga o‘girib,
xalqimizni bahramand etish istagi tug‘ilgan edi. Bu ishni amalga oshirishda qo‘llab-
quvvatlagan barcha ustoz va birodarlarga rahmatlar aytaman. Shuningdek, kitobning
nashr etilishiga katta yordam ko‘rsatgan «Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati»
assambleyasi «Mutarjim» sho‘’ba korxonasiga minnatdorlik bildiraman.
Nashrning izoh va ta’liqlari tarjimada
saqlanib, kitob oxiriga ilova etildi. Kitobning
qolgan qismlarini nashrga tayyorlash ishlari davom etmoqda.
O‘qiganlarning qalblari nurlangay, o‘rganganlariga amal qilib,
imonlarining nuri ziyoda
bo‘lgay! Biz faqirlarni ham duoda yo‘qlagaylar!..
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh
Tarjimon
Onlineda o’qish:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.0
Internet uchun tayyorlaganlar: Laylo, Muslimaxon, Munira xonim.
www.ziyouz.com
2007