Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
2
4.
G‘arib
– hadisning rivoyatida
bir roviyning yakka haq, ba’zisida roviyning bir o‘zi
bo‘lmog‘i.
5.
Zaif
– o‘zida «hasan»ning sifatlarini jamlamagan, uning
shartlaridan biror shartni
yo‘qotgan hadis. Fazilatli amal zikr etilgan bo‘lsa, zaif hadisga amal qilish mustahabdir.
6.
Mursal
–
zaif hadisning bir turi, isnodining oxirida tobe’inning o‘zi (sahobani zikr
qilmay) «Rasululloh shunday qilgan edilar», deydi. Buning hukmi ixtilofli.
7.
Mu’zal
– zaif hadisning bir turi, isnodidan ikki yoki undan ortiq roviyning tushib
qolishi. U mursal va munqoti’dan ham yomon holatdir.
8.
Munqoti’
– uzilishi qanday sababdan bo‘lmasin, isnodi ulanmagan hadis. Isnodining
uzilishi boshdami, o‘rtasidami yoki oxiridami – buning farqi yo‘q. Munqoti’ning
hukmi
ham zaif hadis kabidir.
9.
Mudallas
– isnodidagi biron aybni yashirib, uning zohirini chiroyli ko‘rsatishga
urinilgan hadis, uning hukmi zaif hadis hukmidadir.
10.
Mavzu’
– Payg‘ambarga (s.a.v.)
nisbat berilgan, lekin aslida to‘qib chiqarilgan
yolg‘on hadis. Ulamolarning ijmosiga ko‘ra, uni rivoyat qilish halol emas.
11.
Matruk
– isnodida yolg‘onchi deb gumon qilingan roviyi bor hadis. Hukmi olinmaydi.
12.
Dostları ilə paylaş: