“Allohdan bandalari orasidagi olim-bilimdonlari-gina qo‘rqur” (Fotir, 28). Boshqa
bir oyatda, U payg‘ambari Muhammadga (s.a.v.) deydi:
“Ey (liboslarga) burkanib olgan zot, turing-da, (insonlarni oxirat azobidan) ogohlantiring!” (Muddassir, 1-2).
Boshqa o‘rinda yana Alloh taolo aytadi:
“Va (Qur’on bilan) pand-nasihat qiling! Zero, bu pand nasihatlar mo‘minlarga naf yetkazur” (Vaz-zoriyot, 55).
2. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilinganki: “Bir soatlik tafakkur bir yillik nafl ibodatdan
yaxshidir”.
Ibrat, hikmat va mav’izalardan yuz o‘girgan kishi ikki xislatdan birida bo‘ladi: yo oz amal
qilib, o‘zini ko‘p yaxshilik qilguvchilardan hisoblab qoladi. Yo ba’zi harakatlar qilib
urinadi, bu ko‘ziga ko‘p ko‘rinadi va shu bilan o‘zini afzal bilib, sa’y-harakat va amallarini
yo‘q qilib qo‘yadi. Agar bularga (hikmat va mav’izalarga) nazar qilsa, ibodatlarga hirsi
ziyoda bo‘lib, darajasi past ekanini biladi.
Allohdan yaxshi amallar va ulug‘ barakotlarga muvaffaq etishini so‘raymiz. U zot ne’mat
berguvchi, qodir zotdir.
___________
Muallif muqaddimasidagi hadislar 1. Abdulloh ibn Mas’ud. Muttafaqun alayhi*.
2. Abu Hurayra. «Bir soat fikrlash...» Mavzu’* Abu Shayxning «Al-uzoma» kitobida (44) va Javziyning «Al-mavzu’otlar» kitobida (144/3).
I BOB. IXLOS 2. Faqih (Abu Lays Samarqandiy (Alloh u kishini rahmat qilsin) aytadi: Muhammad ibn
Labid rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam deydilar:
“Sizlarning orangizga kirishidan eng xavfsiragan narsam kichik shirkdir”. “Kichik shirk
nima, yo Rasulalloh?” deb so‘rashdi. Aytdilar: “Riyodir. Alloh taolo bandalarini amallariga
ko‘ra jazolaydigan kunda ularga: “Dunyoda ular ko‘rsin uchun amal qilganlaring
kishilarga boringlar, qaranglar-chi, ularning oldida biror yaxshilik topasizlarmi?” deydi”.
Faqih (Alloh rahmat qilsin) aytadiki: Shubhasiz, ularga shu gap aytiladi. Chunki ularning
amallari dunyoda aldashlik bo‘ldi, ularga oxiratda o‘zlarining aldovi asosida muomala
qilinadi. Alloh taolo aytganidek: