Munkar – isnodida zaif roviy bo‘lib ishonchli deb bilingan roviyning hadisiga zid
kelgan hadis.
13.
Marfu’ – Payg‘ambarga (s.a.v.) biror so‘z, fe’l, taqrir yoki sifatni izofa qilish.
14.
Mavquf – sahobaga biror so‘z, fe’l, taqrirni izofa etish. Masalan: «Ali ibn Abu Tolib
shunday dedi», deyish.
MUALLIF MUQADDIMASI Alhamdu lillalhillazi hadana likitabihi va fazzolana ‘ala soiril umami biakromi anbiyaihi,
hamdan yastajlibul marg‘uba min rizoihi va yasta’tiful maxzuna min ‘atoihi va yaj’aluna
minash shakiriyna linu’amihi val’arifiynna lialaihi va sollallohu a’ala Muhammadin
rosulihil mustofa va nabiyyihil mujtaba va ‘la alihi va ‘itratihit toyyibiyna va ‘ala ashabihi
va ummatihi ajma’iyn.
Faqih, zohid, amal qiluvchi olim Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ibrohim
Samarqandiy rahmatullohi alayhi aytadi: Qaysi kishini Alloh taolo odobda taniqli, ilmda
nasibali, hukm va pandu nasihatlarda ibratli, solihlarning siyratiga tavaqqufli va
mujtahidlarning ijtihodida bo‘lishdek ulug‘ baxt bilan rizqlantirgan bo‘lsa, bunday kishini
Allohning yo‘lida harakat qilishi lozim deb bildim. Chunki Alloh taolo aytadi:
“(Ey Muhammad), Parvardigoringizning yo‘li – diniga hikmat va chiroyli pand- nasihat bilan da’vat qiling!” (Nahl, 125.)
1. Allohning elchisi Muhammad sallallohu alayhi vasallamdan Abdulloh ibn Mas’ud (Alloh
undan rozi bo‘lsin) rivoyat qiladi. “Rasululloh (s.a.v.) bizga malol kelmasin deb, va’z
aytmoq uchun ma’lum kunlarni belgilab qo‘ygan edilar”.
Mening vasiyatim, avvalo fikr qilib, bulardan eslatma-ibrat olish, keyin boshqalarga
eslatish. Bu ishga bizni Alloh taolo buyurgan va rasuli ham. Alloh aytadi:
«Allohning kitobini odamlarga ta’lim berib va o‘zingiz o‘qib-o‘rganib, yolg‘iz Parvardigorga ibodat qiladigan kishilar bo‘lingizlar» (Oli Imron, 79).
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
3
Ba’zi mufassirlar bu oyatni: “Insonlarga kitobdan o‘rgatayotgan narsalaringizga amal
qilguvchi bo‘linglar”, deb tafsir qilishgan. Alloh taolo yana aytadi”.