Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


“Albatta munofiqlar Allohni aldamoqchi bo‘ladilar, holbuki, Alloh ularni aldab



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

“Albatta munofiqlar Allohni aldamoqchi bo‘ladilar, holbuki, Alloh ularni aldab 
qo‘yguvchidir”
(Niso, 142). Ya’ni aldanganliklari barobarida ularni jazolaydi, 
amallarining savobini botil qiladi va ularga Alloh aytadi: “Kim uchun amal qilgan 
bo‘lsangizlar, o‘shalarga boringlar va albatta, sizlarning amallaringiz uchun Mening 
huzurimda savob yo‘qdir”. 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
4
Chunki bu amallar xolis Alloh uchun bo‘lmadi. Qachonki banda xolis Alloh taolo uchun 
amal qilsa, shundagina savob vojib bo‘ladi. Agar o‘sha amalda Alloh taologa boshqani 
sherik qilsa, Alloh bunday amaldan bezordir. 
3. Abu Hurayra roziyallohu anhu Payg‘ambarimizdan rivoyat qiladi: 
Alloh taolo aytadi: 
“Men sheriklardan behojatman va Menga boshqani sherik 
qilgan amaldan ham behojatman, so‘ng Menga boshqani sherik qilib amal 
etgan kimsadan ham bezorman”.
Ya’ni, birov uchun qilingan amaldan ham va shu amalni bajaruvchidan ham behojatman, 
deydi. Albatta, Alloh taolo bu amaldan biror narsani qabul qilmaydi, faqat ixlos bilan 
qilingan amalni qabul etadi. Agar ixlos bo‘lmasa, unday amalni qabul etmaydi. Oxiratda 
unga savob yo‘qdir va uning borar joyi jahannamdir. Bunga dalil Alloh taoloning so‘zi: 
“Kim naqd(dunyo)ni ko‘zlovchi bo‘lsa, Biz (shu dunyoda ulardan) o‘zimiz 
istagan kimsalar uchun o‘zimiz xohlagan narsani naqd qilib berurmiz”.
Ya’ni, 
kimki dunyo ishini xohlasa, oxirat savobini umid qilmasa, dunyo matosidan 
xohlaganimizcha shu dunyoda unga beramiz. “Kim uchun”, ya’ni kimni xohlasak, halok 
qilurmiz va “kimniki xohlasak”, dunyo matosidan nimaiki bo‘lsa, xohish-irodamiz bilan 
berurmiz, uning xohishi bilan emas, deyiladi. “So‘ng unga jahannamni joy qilib 
berurmiz”. Ya’ni, Biz oxiratda unga do‘zaxni vojib qilgaymiz, “unga kiradigan”, ya’ni 
do‘zaxga kiradigan. “Mazammat va quvg‘inga duchor bo‘lgan holda”, ya’ni Alloh 
taoloning rahmatidan uzoqlashtirilgan holda do‘zaxga tashlanadi. “Kimiki oxiratni 
istasa”, ya’ni kim oxirat savobini istasa, “oxiratga loyiq sa’y-harakat qilsa”, ya’ni Alloh 
taologa ixlos bilan amallarini oxirat uchun qilsa, “mo‘min bo‘lgan holda”, ya’ni amal bilan 
birga imonli bo‘lsa, chunki amal imonsiz qabul qilinmaydi: “unday zotlar”, ya’ni dunyoda 
riyo uchun amal qilmay, oxirat savobini talab etib, amal qilgan zotlar... “Unday 
zotlarning sa’ylari (Alloh nazarida) maqbuldir”, ya’ni ularning amallari qabul bo‘ladi. 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin