Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
386
MUALLIF XUSUSIDA SO‘Z
Ism va nasablari
Yurtdoshimiz ulug‘ faqih, imom, mutasavvif olim, muhaddis, zohid Hazrati Abu Lays
as-Samarqandiyning to‘liq ismlari Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ibrohimdir.
Al-Faqih, Imomul-huda, Shayxul Islom unvonlari bilan ham mashhurdirlar.
“Al-Faqih”
unvonlarini fiqh, ya’ni Islom huquqshunosligi ilmida yuksak martabaga
erishganlari uchun olganlar. Bu sohada o‘z zamonasida u kishiga teng keladigan olim
yo‘q edi. Bu ismni o‘zlari ko‘p yaxshi ko‘rganlar. (“Faqih” unvonlariga “al”
qo‘shimchasining qo‘shilishi u zotning fiqhda benazir ekanliklariga ishoradir. Ammo biz
bundan keyin o‘zbek tili xususiyatlaridan kelib chiqib, “al-faqih”ni “faqih”, “as-
Samarqandiy”ni “Samarqandiy”, deb oldik.)
Rivoyatlarda kelishicha, “Tanbehul-g‘ofiliyn” kitobini yozgan mahallarida bir kecha
Hazrati Payg‘ambarimiz (sallallohu alayhi vasallam) u kishining tushlariga kirib, yozgan
kitoblarini tutqazib: “Yo Faqih! Kitobingni olgin!” deydilar. Uyg‘onganlarida kitobda
Payg‘ambarimiz muborak qo‘llarining izlarini ko‘radilar. Shundan keyin “Faqih”, degan
nomni sevadilar va u tufayli ko‘p barakotlarga noil bo‘ladilar.
Ikkinchi unvonlari – “Imomul-huda”
haq yo‘l imomi ma’nosidadir. Bu unvonda
Hazrati Imom Abu Mansur Motrudiy bilan barobardirlar.
“Abu Lays”
u zotning ko‘nyalaridir. Bu so‘z “Laysning otasi”, deganidir. “Lays”
lug‘atda she’r, arslon ma’nosini beradi. Ul zotning Lays degan farzandlari bo‘lganmi yoki
“Abu Turob” singari majoziy laqabli, noma’lum. Harholda, kunya ekani aniq.
U zot Samarqand shayxul islomi bo‘lganlari uchun
Dostları ilə paylaş: