gunohlarini mag‘firat qilishni so‘raydigan, - har qanday gunohni yolg‘iz
Allohgina mag‘firat qilur, - bilgan hollarida qilgan gunohlarida davom
etmaydigan kishilardir”
, jumlasidan:
“Yaxshi amal qilguvchilarning ajrlari naqadar yaxshi ajr!”
jumlasigacha
HIKOYAT
Faqih otalaridan rivoyat qiladilar. Ahnaf ibn Qays aytadilar: “Umar ibn Xattobni (r.a.)
qidirib Madinaga keldim. Bir halqada o‘tirgan paytimda Ka’bul Ahbor odamlarga:
“Vaqtiki, Odamga (a.s.) o‘lim hozir bo‘lganida aytdi: “Ey Rabbi, meni o‘lik holda
ko‘rganida, dushmanim meni so‘kadi, unga ma’lum vaqtgacha muhlat berilgandir”. U
kishiga: “Ey Odam, albatta, sen jannatga qaytarilasan, mal’un esa, avvalgilaru
oxirgilarning adadicha o‘lim alamini totish ligi uchun belgilangan muhlatgacha
kechiktiriladi”, deyildi. So‘ng Odam (a.s.) o‘lim farishtasiga aytdilar: “Menga uning
o‘limini sifatlab ber”. Sifatlab berganida, Odam: “Rabb, yetadi, yetadi”, dedilar.
Insonlar qichqirishib: “Ey Abu Ishoq, Alloh rahm qilsin sizga qanday o‘lim totishligini
bizga aytib bering”, deyishdi. U kishi gapirishdan bosh tortdilar. Odamlar undan talab
qilishdi. U kishi: “Agar dunyo oxirlasa, so‘nggi nafas yaqinlashganda va odamlar
bozorlarda bir-birlari bilan husumatlashib, birga tijorat qilib, gaplashib turganlarida,
katta bir buzg‘unchi dovul ko‘tariladi, odamlarning yarmi karaxt bo‘lib, behush bo‘lib
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
382
qoladilar. Uch kun miqdoricha ushbu holatdan omonda bo‘lmaydilar. Insonlarning qolgan
yarmisi esa, aqlidan ozadilar. Yirtqichni ko‘rganda, qo‘y qanday qo‘rqsa, ular xuddi
shunday holatda dahshat ichida tik turib qoladilar. Shu paytda yer va osmon o‘rtasida
kuchli chaqmoq tovushidek, qo‘rqinchli shovqin ko‘tariladi. Yer yuzida birorta ham tirik
odam, jin, shayton, hayvon qolmaydi. Mana shu Alloh taolo Iblisga bergan ma’lum
muhlatdir. So‘ng Alloh taolo o‘lim farishtasiga buyurib: “Men senga avvalgilaru oxirgilar
adadicha yordamchilarni yaratdim. Va senga osmon va yer ahlining quvvatini ato etdim.
Bugun senga g‘azab, qahr libosining hammasini kiydiraman. Mening qahru g‘azabim,
la’natlaganim, toshbo‘ron qilganim - hammasini iblisga olib tush. Unga o‘limni totdir.
Unga avvalgilaru oxirgi jin va ins adadicha ko‘paytirib, o‘limni yukla. Sen bilan birga
yetmish ming zaboniya farishtalari birga bo‘lsin. Ular g‘azab va dag‘allik bilan limmo-
limdirlar. Har bir zaboniya bilan birga jahannam zanjirlaridan bir zanjir bo‘lsin.
Jahannam maxluqlaridan yetmish mingtasi bilan birga iblisning xabis ruhini chiqarib ol.
Va Molikka nido qilki, u jahannam eshiklarini ochsin”, deydi.
O‘lim farishtasi shunday bir suratda tushadiki, agar unga yetmish osmon va yetmish yer
ahli qarasalar, xunukligidan hammalarining yuraklari yorilgan bo‘lur edi. Iblisga yetib
borganida, bir qattiq siquvga oladi, u karaxt bo‘lib qoladi va bir qattiq tovush chiqaradi,
agar uni mashriqu mag‘rib eshitganida, o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishgan bo‘lardi. O‘lim
farishtasi aytadi: “Ey xabis, to‘xta! Bugun senga o‘zing yo‘ldan adashtirganlar
miqdoricha o‘limni tottiraman. Qancha-qancha umrlarning boshiga yetding. Qancha-
qancha avlodlarni adashtirding. Bu Alloh taolo senga bergan ma’lum muhlatdir. Bas,
qaerga qochasan?” Shunda shayton mashriqqa qochadi va o‘lim farishtasining
ro‘parasidan chiqadi. Dengizga tushadi, o‘lim farishtasi uni u yerda ham tutib oladi.
Shayton yer yuzida qochishga joy topolmay qoladi.
So‘ng dunyoning o‘rtasida, Odamning (a.s.) qabrlari yonida turadi va: “Sening
sababingdan mal’un, razilga aylandim, koshki edi, sen yaratilmagan bo‘lsang”, deydi.
Keyin o‘lim farishtasiga aytadi: “Qaysi azob bilan ruhimni olasan?” “Jahannam ahlining
azobi bilan”, deydi o‘lim farishtasi. Iblis yana bir marta o‘zini tuproqqa otadi va
qichqiradi. Mag‘ribu mashriq o‘rtasida u yoqdan bu yoqqa qochadi. Oxiri o‘sha birinchi
marta la’natga uchragan mavze’ga kelganida, jahannam zaboniyalari, maxluqlari -
hammasi unga tashlanadilar. Mana shu azobda Alloh xohlagan muddatgacha qoladi.
Odam va Havvoga aytiladi: “Bugun sizlar dushmaningizga qarab, uning qanday o‘lim
azobini tortayotganini ko‘ringlar”, Vaqtiki, ular iblisga qaraganlarida, uning qiynalishini
ko‘rib: “Rabbimiz, bizga batahqiq ne’matingni mukammal qilding”, deydilar”, dedilar.
HIKOYAT
962. Faqih Abu Lays Samarqandiy rivoyat qiladilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Agar rohib
Jurayj faqih bo‘lganida, onasining chaqirig‘i nafl ibodatidan afzal ekanini bilardi”, dedilar.
Faqih Jurayj qissasini shunday boshlaydilar: Bani isroillik Jurayj kulbasida ibodat qilardi.
Bir kuni u namoz o‘qiyotganida, onasi uni chaqirdi. Lekin u javob bermadi. Shunda
onasi: “Alloh seni buzuqlar balosiga solsin”, deb duoibad qildi.
O‘sha shaharda bir ayol yashardi. Ish bilan ko‘chaga chiqib, bir podachi bilan uchrashdi.
So‘ng undan homilador bo‘ldi. Shahar ahli zinoni ulug‘ gunoh sanar edi. Ayol tuqqanidan
keyin, podshoh uni chaqirib, bolani kimdan orttirganini so‘radi. Ayol: “Rohib Jurayj meni
zo‘rladi”, dedi. Podshoh ayonlarini uning oldiga yubordi. Jurayj ibodatda edi, shuning
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Dostları ilə paylaş: |